Aktrisa Fotima Nazarova Komila Loloning o‘limi haqidagi chalkash xabarlarga nuqta qo‘ydi (video)

«Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvidagi Sohiba obrazi orqali tanilgan aktrisa Fotima Nazarova ijtimoiy tarmoqlarda Komila Lolo bilan bog‘liq chalkashliklarga izoh berdi.
Aktrisaning aytishicha, so‘nggi paytlarda unga ko‘plab odamlar qo‘ng‘iroq qilib, Komila Lolo vafot etgani haqidagi xabarlarni so‘rashmoqda. Fotima Nazarova esa bu borada adashmaslik kerakligini ta’kidladi.
Uning tushuntirishicha, Surxondaryolik bloger Komila Lolo vafot etgan, biroq aktrisa Komila Lolo hayot va sog‘-salomat.
«Komila Lolo o‘ldimi? Ha! Ammo adashtirmang: Surxondaryolik bloger Kamila Lolo vafot etgan, aktrisa Komila Lolo esa tirik va sog‘-salomat», — deya izoh berdi Fotima Nazarova.
Ushbu murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham turli fikrlarni bildirmoqda. Ayrimlar bu xabarni eshitib hayron qolganini yozgan bo‘lsa, boshqalar aktrisaga uzoq umr va sihat-salomatlik tilamoqda.



