24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Mahallada kutubxona taşkil etildi

Madaniyat 24.11.2026 14:38 0Uza
Mahallada kutubxona taşkil etildi

Mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi Şahrixon tumanida ham aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlik, kitob mutolaasini keng tarğib etiş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli işlar olib borilmoqda. Xususan, Yangi hayot mahallasi guzarida yangi kutubxonaning taşkil etilişi ham ana şu yönalişdagi işlardan biri böldi.

– Kitob insonni uluğlaydi, kitobni öziga döst tutgan inson hayotda heç qaçon qoqilmaydi, – deydi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi rahbari Maribjon Ğoziyev. – Qolaversa, muntazam kitob öqiydigan inson bilimli, odob-axloqli, yuksak maʼnaviyatli şaxs sifatida jamiyatda nafaqat öz örnini topa oladi, balki, uning faol aʼzosiga aylanadi. Şu maʼnoda mahallada taşkil etilgan möʼjaz kutubxona ham yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoşlarimizning kitobga bölgan muhabbatini, kitob öqişga qiziqişini yanada oşirişga xizmat qiladi.

Kutubxonadan 500 nusxadan ortiq özbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalarga möljallangan badiiy adabiyotlar örin olgan. Şuningdek, kutubxonaga homiylar, ziyolilar tomonidan yangi-yangi kitoblar taqdim etilmoqda.

Tuman hokimining xayrli taşabbusi bilan taşkil etilgan uşbu kutubxona mahalla ahli, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazadigan gavjum maskanga aylanadi.

Taʼkidlaş joizki, hozirda tumanning Buvayda, Qörğonça, Qumtepa, Abdusamad va Beşmahalla mahallalarida ana şunday kutubxonalar işlab faoliyat yuritmoqda.

Faxriddin Ubaydullayev,

ÖzA muxbiri.

O‘xshash yangiliklar