Prezidentning tegishli qarori bilan Abdumalik Nazirov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 23-noyabr kuni Energetika vazirligi xabar berdi.
Nazirov bunga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. U mazkur lavozimga 2025-yil noyabrida tayinlangan edi. Ushbu tayinlovdan oldin Nazirov “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Endilikda Abdumalik Nazirov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi.
Avvalroq Anhor.uz energetika tizimida bo'lgan yana bir o'zgarish haqida yozgandi. vazirlikdagi ushbu lavozimda ishlagan Umid Mamadaminov Energetika bozori agentligiga rahbar bo‘ldi.
Umid Mamadaminov Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi. U joriy yilning iyunidan energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, undan avval esa vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Agentlik elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini shakllantirish hamda tariflarni tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
Umid Mamadaminov Energetika bozori agentligiga rahbar bo‘ldi



