23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Toshkentda kechqurun “nosog‘lom” havo kutilmoqda

Boshqa 23.11.2026 20:32 2Anhor
Toshkentda kechqurun “nosog‘lom” havo kutilmoqda

Toshkentda 24-noyabrga o‘tar kechasi soat 23:00 dan havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda. Ertalab havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha”, milliy indeks bo‘yicha “yashil” darajada bo‘lishi tahmin qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, kechki soat 18:00–22:00 oralig‘ida esa havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha “nosog‘lom”, milliy indeks bo‘yicha “zarg‘aldoq” darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Kechqurun haroratning pasayishi, kuchsiz shamol va harorat inversiyasi mahalliy hamda qo‘shni hududlarda shakllangan tashlamalar va PM zarrachalarining tarqalishini cheklaydi.

Tunda taxminan 1–1,5 mm yog‘ingarchilik kutilmoqda. Yog‘ingarchilik havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatilmoqda. Xususan, 1–22-noyabr kunlaridagi ifloslanish holati meteorologik sharoitlar, avtomatik monitoring stansiyalari va laboratoriya tahlillari asosida o‘rganilib, oy oxirigacha havo sifati qanday bo‘lishi prognoz qilingan.

Toshkentda tunda havo sifati yomonlashishi kutilmoqdaToshkentda tunda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda

O‘xshash yangiliklar