24-noyabr kuni Andijon shahrining “Ishchilar” mahallasidagi uch qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqida soat 12:37 da 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar yong‘inni tezkorlik bilan o‘chirgan. Uyining 630 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan, tom qismi esa yonib zararlangan. Hodisada tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Anhor.uz Mirobodda qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.
Mirobod tumanining Avliyo ota ko‘chasidagi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in soat 01:44 da to‘liq o‘chirilgan. FVBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisada tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
https://anhor.uz/uzl/news/mirobodda-qurilayotgan-binoda-yongin




