24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Haruki Murakami tanlovi: mashhur yapon yozuvchisi o‘qishni tavsiya qiladigan 5 ta kitob | Daryo

Boshqa 24.11.2026 17:25 0Daryo
Haruki Murakami tanlovi: mashhur yapon yozuvchisi o‘qishni tavsiya qiladigan 5 ta kitob | Daryo

Albatta, ijod jarayonida yozuvchi bu kitobga va uning qahramonlariga bir necha bor ishora qilgan. Xususan, o‘zining e’tirof etishicha, “Komandorning o‘ldirilishi” asaridagi Mensiki obrazi aynan Jey Getsbiga nisbatan ehtirom ramzi sifatida yaratilgan.

“Uzoq xayrlashuv”, Reymond Chandler

Xuddi shu asarida Murakami o‘z hayotida asosiy o‘rin tutgan yana bir kitob haqida ham so‘zlaydi. Bu Reymond Chandlerning “Uzoq xayrlashuv” romani bo‘lib, mazkur qiziqarli asarda detektiv yo‘nalish yolg‘izlik, dunyoning nomukammalligi, pulning qudrati va hayotga iste’molchilik munosabati kabi mavzularni ochib berish uchun fon vazifasini o‘taydi.

Uning bosh qahramoni Filipp Marlou ko‘p jihatdan Chandlerning o‘z tarjimai holi asosida yaratilgan. Yozuvchi o‘z qahramonini shunchalik jonli tasvirlashga muvaffaq bo‘lganki, u haqiqiy odamdek taassurot qoldiradi. Qiziqarli syujet va ajoyib uslub bilan uyg‘unlashib, bu jihat romanni haqli ravishda Amerika adabiyotining eng yaxshi asarlaridan biriga aylantiradi.

“Aka-uka Karamazovlar”, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

Murakami aynan shu rus yozuvchisining ijodidan nozik psixologizm, ekzistensial masalalar va asar bo‘ylab sezilib turadigan tushkunlik hissini o‘zlashtirgan. Fyodor Mixaylovich uning uchun haqiqiy kumirga aylandi — u adibning ko‘plab romanlarini bir necha bor qayta o‘qib chiqqan, shu bilan birga, o‘z qahramonlarini ham shunday yo‘l tutishga undagan.

O‘xshash yangiliklar