23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

G‘ayratjon Hamroyev Nishon tumani hokimi bo‘ldi

Boshqa 23.11.2026 10:57 0Anhor
G‘ayratjon Hamroyev Nishon tumani hokimi bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirokida xalq deputatlari Nishon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, deputatlar G‘ayratjon Sultonovich Hamroyevni Nishon tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi.

G‘ayratjon Hamroyev 1985-yilda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Hamroyev Qashqadaryo viloyati hokimligida sho‘ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U avval Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, Urbanizatsiya va uy-joy bozori barqaror rivojlanishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Anhor.uz Energetika vazirligi tizimida o‘zgarishlar bo‘lgani haqida yozgandi.

Abdumalik Nazirov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldiAbdumalik Nazirov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

O‘xshash yangiliklar