29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

Hududlarda 2 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi o‘girlangani ma'lum bo‘ldi

Boshqa 29.11.2026 00:23 1Anhor
Hududlarda 2 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi o‘girlangani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonning oltita tumanida tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari va fuqarolar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Yangiyo‘l tumanida «P.C.» MCHJ rahbari A.K. ishlab chiqarish binosidagi elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 843 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Yunusobod tumanida «X.I.» MCHJ rahbari J.T. va fuqaro D.Y. o‘zaro til biriktirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulash orqali 593,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

Shuningdek, quyidagi hududlarda ham qonunbuzilish holatlari aniqlangan:

  • Chortoq tumani — «D.T.» fermer xo‘jaligi mas’ullari suv nasosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 534,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

  • Oqoltin tumani — «A.Y.» fermer xo‘jaligi mas’ullari suv nasosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 190 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

  • Qiziltepa tumani — yakka tartibdagi tadbirkor U.N. savdo do‘konini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulagan.

  • Xo‘jaobod tumani — muqaddam sudlangan fuqaro U.S. xonadonini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 101,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bahodir Jo‘rayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga rahbar bo‘ldiBahodir Jo‘rayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga rahbar bo‘ldi

O‘xshash yangiliklar