29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

Mubaşşir Ahmad işi kassatsiya tartibida köriladi

Boshqa 28.11.2026 22:52 0Qalampir
Mubaşşir Ahmad işi kassatsiya tartibida köriladi

Joriy yilning 3 dekabr kuni diniy ulamo Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov) işi Toşkent şahar sudida kassatsiya instansiya tartibida körib çiqiladi. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.

Mubaşşir Ahmadning advokati Abdulloh Sodiq ham özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida sud işi haqida ma’lumot berdi.

Суд majlislari жадvaли

Uning bildirişiça, 3 dekabr kuni soat 15:30 da Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudining kassatsiya instansiyasida Mubaşşir Ahmad işi böyiça kassatsiya şikoyati körib çiqiladi.

“Kassatsiya instansiyasida himoya tomoni sud qarorini qayta körib çiqiş, Jinoyat kodeksining 244-1 moddasi 3-qismi “g” bandi va 156-moddasi 2-qismi bilan e’lon qilingan ayblov bòyiça oqlov hukmi çiqariş orqali adolatni tiklaşni söramoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, 2025 yilning 8 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi hukmi bilan Mubaşşir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlaş) qöllagan holda 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mubaşşir Ahmad soğliği yomonlaşgani sabab Toşkentdagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli “Sangorod” şifoxonasiga köçirilgani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar