29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

Namangan şahri dunyoning "Yaşil şaharlar" tarmoğiga qöşildi

Boshqa 28.11.2026 21:45 0Uza
Namangan şahri dunyoning "Yaşil şaharlar" tarmoğiga qöşildi

Har yili anʼanaviy xalqaro “Gullar festivali”ni kötarinki ruhda ötkazib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Namangan şahri BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (“Food and Agriculture Organization of the United Nations” – “FAO”) tomonidan yuritiladigan “Yaşil şaharlar” xalqaro tarmoği (“FAO Green Cities Network”) aʼzosi sifatida rasman eʼtirof etildi.

Mazkur xalqaro daraja arafasida Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov boşçiligidagi delegatsiyaning şu yil oktabr oyi oxirida Italiya davlatiga amalga oşirgan xizmat safari ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Gap şundaki, taşrif doirasida viloyat hokimi BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti boş direktorining örinbosari, “FAO” investitsiyalar markazi direktori Muhammad Mansuri bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqot davomida qişloq xöjaligini rivojlantiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş hamda taşkilot bilan hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Bunday uçraşuvlar hududning xalqaro hamkorligini kengaytiriş, yangi taşabbuslarni ilgari suriş va ilğor tajribalarni joriy etişda muhim örin tutadi.

Azaldan boğ-roğlari, sölim xiyobonlari va gullari bilan dovruq qozongan Namangan uçun uşbu xalqaro tarmoqqa aʼzolik alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, şaharning tarixiy anʼanalarini zamonaviy ekologik yeçimlar bilan uyğunlaştiriş, yaşil maydonlarni köpaytiriş, aholi uçun soğlom va qulay yaşaş muhitini yaratiş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

– “FAO”ning “Yaşil şaharlar” taşabbusi şaharlarning ekologik barqarorligini oşiriş, şahar va uning atrofidagi yaşil hududlarni rivojlantiriş, oziq-ovqat tizimlarini takomillaştiriş hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga qaratilgan, – deydi Namangan viloyat hokimining örinbosari Oqibjon Inomov. – Namangan şahrining mazkur xalqaro tarmoqqa aʼzo bölişi şaharning xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş, ekologik taşabbuslarni yangi bosqiçga olib çiqiş va kelajak avlodlar uçun yanada obod, yaşil hamda barqaror şahar barpo etiş yölidagi muhim qadamdir.

Oqilxon Dadaboyev,

ÖzA muxbiri

O‘xshash yangiliklar