23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Keniya va Kongo DR munosabatlarni tiklashga kelishdi

Boshqa 23.11.2026 16:53 0Anhor
Keniya va Kongo DR munosabatlarni tiklashga kelishdi

Keniya prezidenti Uilyam Ruto va Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Feliks Tshisekedi sharqiy Kongo DRdagi mojaro sabab yuzaga kelgan keskinlikdan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi to‘liq diplomatik aloqalarni tiklashga kelishib oldi. Kelishuv Kongo Respublikasining Oyo shahrida o‘tkazilgan sammit yakunida e’lon qilindi. Uchrashuv Kongo Respublikasi prezidenti Denis Sassu Nguesso ko‘magida tashkil etilgan, Togo rahbari Faure Essozimna Gnassingbe esa vositachi sifatida qatnashgan. Ikki davlat rahbari suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi. Shuningdek, tomonlar yaxshi qo‘shnichilik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va mintaqaviy mexanizmlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi.

Keniya va Kongo DR Sharqiy Afrika hamjamiyati (EAC) a’zolari hisoblanadi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yildan boshlab yomonlasha boshlagan. O‘shanda Kongo DR Keniya hududida M23 isyonchi guruhini ham o‘z ichiga olgan isyonchilar ittifoqi rahbarlariga boshpana berilayotganini ayblagan. Shundan so‘ng Kongo DR Nayrobidagi elchisini chaqirib olgan. Keyinchalik Kinshasa Keniyaning yangi elchisini akkreditatsiyadan o‘tkazishdan bosh tortgan.

2023-yilda M23 guruhini ham o‘z ichiga olgan Kongo daryosi alyansi (AFC) Nayrobida tashkil etilgach, Kongo DR Keniyadagi elchisini chaqirib olishga qaror qilgan. Kongo DR, shuningdek, Keniya hududida mamlakatni beqarorlashtirishga urinayotgan kongolik siyosiy va isyonchi guruhlar rahbarlari joylashtirilganini da’vo qilgan. Keskinlik 2025-yil mart oyida yana kuchaygan. Keniya Kongo DRning Shimoliy Kivu provinsiyasi markazi Goma shahriga bosh konsul tayinlagan. O‘sha paytda shahar M23 kuchlari nazoratiga o‘tgan edi. Kinshasa bu tayinlovni mamlakat hududiy yaxlitligiga hurmatsizlik sifatida baholab, M23 nazoratini qonuniylashtirishga urinish deb hisoblagan.

Kongoda Ebola epidemiyasi 3 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldiKongoda Ebola epidemiyasi 3 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi

O‘xshash yangiliklar