26.11.2026, Payshanba+11.9°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+11.9°CToshkent$11 990.54 26.11.2026

O‘zbekistonda kuchli shamol va chang-to‘zon kutilmoqda

Boshqa 25.11.2026 22:55 0Anhor
O‘zbekistonda kuchli shamol va chang-to‘zon kutilmoqda

O‘zbekistonda 26-noyabr kuni havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat hududlarga qarab 6–27 daraja iliq bo‘ladi, Ustyurtda esa 0–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 12–14 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11–13, kunduzi 23–25 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2–7, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurtda kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Navoiy viloyatining ayrim hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha yetishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 9–14, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17, kunduzi 22–27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha yetishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2–7, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 1–3 darajagacha sovuq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

25-noyabr kuni havo 27 darajagacha isiydi25-noyabr kuni havo 27 darajagacha isiydi

O‘xshash yangiliklar