Gulnora Karimova işida yangi kelişuv: Şveysariyadagi aktivlar taqdiri hal böldi

Şveysariya banklari haqida gap ketganda köpçilikning xayoliga ehtimol, birinçi bölib Gulnora Karimova keladi. Bu bejiz emas. Çunki uning nomi Şveysariyada muzlatilgan yuzlab million dollarlik aktivlar, xalqaro korrupsiya tergovlari va yillar davomida davom etgan sud jarayonlari bilan çambarças boğliq. Uning xorijdagi aktivlarining esa yana bir qismi Özbekistonga qaytarilmoqda.
24 noyabr kuni Özbekiston va Şveysariya örtasida noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytariş böyiça bitim tasdiqlandi. Unga köra, Şveysariyada musodara qilingan aktivlarning yana 252,5 million dollari Özbekistonga qaytariladi. Mablağlar Özbekiston, Şveysariya va BMT hamkorligida taşkil etilgan “Işonç – 2030” trast jamğarmasi orqali yönaltiriladi. E’tiborlisi, bu Karimovaning aktivlarini Özbekistonga qaytarilişi böyiça ilk kelişuv emas. 2019 yilda Şveysariya va Özbekiston örtasida dastlabki kelişuvga asos solingan.
2022 yilda esa ikki mamlakat noqonuniy özlaştirilgan va Şveysariyada musodara qilingan aktivlarning 131 million dollarini Özbekiston aholisining manfaatlari uçun qaytariş mexanizmi böyiça bitim imzoladi. Keyingi bosqiçda, 2025 yil 6 fevralda yana 182 million dollarni qaytariş böyiça kelişuv tuzildi. Şu tariqa, uçta kelişuv böyiça Özbekistonga qaytarilişi belgilangan mablağlar 565,5 million dollarga yetdi.
Ammo bu summani 800 million frank bilan töğridan-töğri tenglaştiriş mumkin emas. Birinçisi – turli bosqiçlarda qaytarişga kelişilgan dollar miqdori, ikkinçisi esa tergov boşida muzlatilgan Şveysariya frankidagi aktivlar miqdori. Ularning valyutasi, sanasi va huquqiy maqomi turliça.
800 million frank qayerdan paydo böldi?
2012 yil. Şveysariya moliyaviy monitoring organlariga şubhali pul operatsiyalari haqida xabarlar kelib tuşadi. Bu xabarlar ortidan mamlakat prokuraturasi jinoiy daromadlarni legallaştiriş va hujjatlarni qalbakilaştiriş ehtimoli böyiça tergov boşlaydi.
Dastlab tergov Gulnora Karimovaning şaxsiy yordamçisi hamda Özbekistondagi telekommunikatsiya kompaniyalaridan birining sobiq rahbariga nisbatan olib borilgan. Keyinçalik iş doirasi kengayib, Karimovaning özi ham tergovga jalb qilinadi. Tergovning asosiy yönalişi Özbekiston telekommunikatsiya bozoriga kirişni istagan xorijiy kompaniyalar bilan boğliq edi. Gap şundaki, telekommunikatsiya bozori öşa paytda katta iqtisodiy imkoniyat va daromad manbai bölgan. Bozorga kiriş, litsenziya va boşqa ruxsatnomalarni oliş, faoliyatni kengaytiriş kabi masalalar kompaniyalar uçun muhim ahamiyatga ega edi.
Şveysariya tergovçilari taxminiga köra, ayrim kompaniyalar Özbekistonda faoliyat yuritiş imkoniyatiga ega böliş uçun vositaçilar orqali katta miqdorda noqonuniy tölovlar amalga oşirgan. Bu pullar esa turli kompaniyalar va xorijdagi bank hisoblari orqali harakatlangan.
Tergovda “The Office” deb atalgan tuzilma alohida örin egallaydi. Şveysariya prokuraturasi Karimovani uşbu jinoiy taşkilotning boşqaruvçisi bölganlikda, uning faoliyatini yölga qöyiş va noqonuniy daromadlarni yaşirişda iştirok etganlikda gumon qilgan. Bank hisoblari esa haqiqiy benefitsiarlarni yaşiriş uçun boşqa şaxslar yoki kompaniyalar nomiga rasmiylaştirilgani aytilgan. Şu tariqa, oddiy köringan bank operatsiyalari ortida murakkab xalqaro moliyaviy zanjir borligi taxmin qilindi. Şveysariya Federal prokuraturasi 2012 yilda boşlagan tergov doirasida mamlakatdagi bank hisoblarida 800 million frankdan ortiq aktivlarni muzlatdi. Bu öşa davr kursi böyiça qariyb 900 million AQŞ dollariga teng edi.
Şveysariya tergovi yillar mobaynida davom etdi. 2023 yilda esa prokuratura Karimova va Özbekistondagi telekommunikatsiya kompaniyasining sobiq rahbariga nisbatan Şveysariya Federal jinoyat sudiga ayblov xulosasini kiritdi. Ayblovlar orasida jinoiy taşkilotda iştirok etiş, pul yuviş, xorijiy davlat mansabdor şaxsiga pora beriş va hujjatlarni qalbakilaştiriş kabi moddalar bor edi.
Demak, bu iş faqat bir şaxsning bank hisoblari bilan boğliq tergov emas, balki bir neçta mamlakat, kompaniyalar va moliyaviy vositaçilar iştirok etgan xalqaro işga aylangan edi.
Şveysariya tergovining özi 2012 yilda boşlangan bölsa-da, Karimova böyiça iş bir kunda yakunlanmagan. Uning diplomatik maqomi bilan boğliq immunitet masalasi ham huquqiy jarayonning bir qismi bölgan. Şveysariya prokuraturasi Karimovani tergovga 2012–2014 yillar oraliğida, diplomatik immunitet olib taşlanganidan keyin jalb qilgan.
Qamoqqa olinişi va sud hukmlari
Şveysariyada xalqaro tergov davom etayotgan bir paytda Özbekistonda ham Karimovaga nisbatan jinoyat işlari körib çiqildi. 2015 yilda u tovlamaçilik va boşqa iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilib, beş yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi.
Biroq bu yakuniy hukm bölmadi. U bilan boğliq boşqa jinoyat işlari böyiça tergovlar ham davom etdi. 2017 yilda unga nisbatan yana sud hukmi çiqarildi. 2019 yilda esa uy qamoği tartibini buzgani sababli jazoni ijro etiş muassasasiga ötkazilgani haqida xabar berildi.
2020 yil 18 mart kuni Toşkent şahar sudida yana bir yirik sud jarayoni yakunlandi. Sud Karimovani jinoiy uyuşma taşkil etiş, tovlamaçilik, özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş hamda boşqa jinoyatlarda aybdor deb topdi. Unga 13 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazo muddati 2015 yil 21 avgustdan boşlab hisoblanişi belgilandi.
Biroq 2026 yilda Şveysariyaning Federal jinoiy sudi Gulnora Karimovaga nisbatan olib borilgan jinoyat işini töxtatiş haqida qaror çiqardi. Bunga Karimovaning Özbekistonda qamoq jazosini ötayotgani va Şveysariyadagi sud majlislarida qatnaşiş imkoniyati yöqligi sabab bölgan. Sud hujjatiga köra, uning Özbekistondagi jazosi 2028 yil dekabrigaça davom etişi kutilmoqda. Şu vaqtga kelib esa ayblovlar böyiça da’vo muddati ham tugaydi.
Muhimi, bu Karimovaning oqlangani yoki qamoqdan ozod etilganini anglatmaydi. Sud uning işini mazmunan körib çiqmagan, balki protsessual sabablar tufayli töxtatgan.
Qaytarilgan pullar qayerga sarflanadi?
Aktivlarni qaytarişning özi jarayonning faqat bir qismi. Asosiy masala – bu mablağlar Özbekistonga kelgaç, qanday işlatilişi. Şu maqsadda Özbekiston, Şveysariya va BMT hamkorligida “Işonç – 2030” köp tomonlama trast jamğarmasi taşkil etilgan.
Uning vazifasi musodara qilingan mablağlarni şunçaki davlat byudjetiga ötkaziş emas, balki ularni aholining turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan loyihalarga yönaltirişdan iborat. Jamğarma orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga ustuvor ahamiyat beriladi. Avvalgi bosqiçlarda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, perinatal xizmatlarni yaxşilaş, ta’lim sifatini oşiriş va öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş kabi yönalişlar belgilangan.
Yangi kelişuv doirasidagi mablağlar ham bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş, ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş, maktablar qurilişi va ta’lim sifatini oşirişga yönaltirilişi közda tutilgan.



