O‘zbekistonda Ziyolilar kengashi ish boshladi. Uning birinchi yig‘ilishi ochiq muloqot formatida o‘tkazildi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirokchilardan xolis baholar va dadil takliflarni eshitishga umid bildirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash yangi g‘oyalar va tashabbuslarni muhokama qilish maydoniga aylanishi kerak.
Avvalroq Anhor.uz yozgandi, O‘zbekiston prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHning Hindistondagi elchisi va Amerika prezidentining Janubiy hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan birga Hind okeanidagi USS George Washington atom aviatashuvchi kemasiga tashrif buyurgan edi. Tashrif chog‘ida delegatsiyaga Amerika paluba aviatsiyasining imkoniyatlari namoyish etilgan.




