2026-yilning 1–22-noyabr kunlari Toshkent shahridagi avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaslik bilan bog‘liq 19 457 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu kuniga o‘rtacha 884 ta qoidabuzarlik aniqlanganini anglatadi.
Yil boshidan beri rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar soni 158 237 taga yetgan. 22-noyabr holatiga ko‘ra, undirilgan jarimalarning umumiy miqdori 3,66 mlrd so‘mdan oshgan. Shundan 449,9 mln so‘mi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga to‘g‘ri keladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga ko‘ra, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish BHMning 10 dan bir qismi miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. Amaldagi miqdor bo‘yicha bu 44 ming so‘mni tashkil etadi.
Nazorat tadbirlari olib borilayotgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi ham tahlil qilinmoqda. 18–21-noyabr kunlari 8, 11, 14, 28, 93, 116 va 131-sonli avtobus yo‘nalishlarida jami 449 802 nafar yo‘lovchi tashilgan.
Bu o‘tgan haftaning mos davriga nisbatan 5 792 nafarga yoki 1,3 foizga ko‘p. Mazkur 7 ta yo‘nalishda 4 kun davomida 1 228 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ayrim yo‘nalishlarda yo‘lovchilar sonining sezilarli o‘sishi qayd etilgan. Jumladan:
11-yo‘nalishda — 11,2 foiz;
28-yo‘nalishda — 5,4 foiz;
8-yo‘nalishda — 3,5 foiz;
14-yo‘nalishda — 1,7 foiz.
Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi



