Samarqandda yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. Bu haqida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128¹⁰-moddasiga ko‘ra, boshqa transport vositalari harakatiga qasddan to‘sqinlik qilish, avtomobilni sababsiz sirpantirish (drift), harakatlanish bo‘lagini sababsiz ketma-ket uch va undan ortiq marta keskin o‘zgartirish yo‘l bezoriligi hisoblanadi.
Shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki ularga nisbatan hurmatsizlikni ifodalovchi boshqa namoyishkorona xatti-harakatlar ham yo‘l bezoriligi sifatida baholanadi.
Mazkur huquqbuzarlik uchun transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima solish belgilangan.
Ohangaronda YTHda uch kishi halok bo‘ldi



