Yevropa Ittifoqi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 19–20-noyabr kunlari Tojikistonga tashrif buyurganiga munosabat bildirdi. Yevropa Ittifoqi Tojikistonning xalqaro jinoyatlarda ayblanayotgan va Xalqaro jinoiy sudning (ICC) hibsga olish orderi ostidagi Putinni qabul qilganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqiga ko‘ra, Putin Ukrainaga qarshi urush doirasida vaqtincha bosib olingan Ukraina hududlaridan bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish va noqonuniy ko‘chirish bilan bog‘liq xalqaro jinoyatlarda ayblanmoqda. Yevropa Ittifoqi Tojikiston Putinni qabul qilish orqali ICC Rim statutidan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarmaganini bildirdi.
Yevropa Ittifoqi Rim statutida nazarda tutilgan va dunyo tinchligi, xavfsizligi hamda farovonligiga tahdid soluvchi jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerakligini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi barcha davlatlarni Xalqaro jinoiy sud bilan to‘liq hamkorlik qilishga, jumladan, amaldagi hibsga olish orderlarini tezkor ijro etishga va sud bilan ixtiyoriy kelishuvlar tuzishga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi oqibatida sodir etilgan xalqaro jinoyatlar va inson huquqlari buzilishi uchun to‘liq javobgarlikni ta’minlashga qat’iy sodiqligini bildirdi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi jabrlanuvchilarning adolat, zararni qoplash va bunday holatlarning takrorlanmasligi kafolatlariga bo‘lgan huquqlari ta’minlanishi kerakligini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi Xalqaro jinoiy sudning Ukrainadagi tergovlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va ICCga a’zo barcha davlatlarni sud bilan to‘liq hamkorlik qilishga chaqirishini bildirdi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.
Avvalroq Anhor.uz O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.
Birinchi savdolar 2028-yil oxiri yoki 2029-yil boshida amalga oshirilishi mumkin.
https://anhor.uz/uzl/news/ozbekiston-va-uch-qoshni-davlat-elektr-energiyasi-savdosi




