24.11.2026, Seshanba+13.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+13.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Boshqa 24.11.2026 02:14 1Anhor
Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Toshkentda yangi 158-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. U Toshkent viloyatidagi Kensoy shaharchasini poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan “Universam” savdo majmuasi bilan bog‘laydi. Bu haqda poytaxt Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Avtobuslar yo‘nalish davomida Abu Rayhon Beruniy universiteti, “Rahbar ota” masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uch Qahramon hududi va 271-maktab yonidan o‘tadi.

Yo‘lovchi tashish xizmatini Ziyotrans kompaniyasi amalga oshiradi. Yo‘nalishda o‘rta sig‘imli 10 ta avtobus qatnaydi.

Avvalroq Toshkent shahri va poytaxt viloyatini bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarida noyabr oyining birinchi yarmida yo‘l haqini to‘lamasdan yurish bilan bog‘liq 5601 ta holat aniqlangani haqida yozgan edik. Shu bilan birga, 2026-yil boshidan buyon poytaxt jamoat transportida chiptasiz yurish uchun 146 mingdan ortiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar