24.11.2026, Seshanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

O‘zbekiston va Kaspersky memorandum imzoladi

Boshqa 24.11.2026 01:54 0Anhor
O‘zbekiston va Kaspersky memorandum imzoladi

O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Kaspersky Lab KZ kompaniyasi sanoat kiberxavfsizligini kuchaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari, Texnologik transformatsiya markazi direktori Odil Fayzullayev hamda Kaspersky Lab KZ bosh direktori Valeriy Zubanov o‘rtasidagi uchrashuv yakunida imzolangan.

Hujjat tog‘-kon va geologiya obyektlari, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining kiberhimoyasini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida tomonlar dolzarb kiberxavflar haqida axborot almashish, tizimlardagi zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, soha mutaxassislari uchun o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etish, tajriba almashish hamda kiberhujumlarning oldini olish bo‘yicha birgalikda ishlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati hajmi 57,8 trln so‘mga yetdiO‘zbekistonda tog‘-kon sanoati hajmi 57,8 trln so‘mga yetdi

O‘xshash yangiliklar