24.11.2026, Seshanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Boshqa 24.11.2026 01:36 0Anhor
Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

24-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi va shamol kuchayishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahri: Yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esib, 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11–13, kunduzi 15–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati: Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esib, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0–5, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari: Kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12, kunduzi 15–20 daraja, cho‘l hududlarida esa kechasi 3–8, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari: Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–14, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlari: Kechasi va ertalab ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8–13, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari: Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari: Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 3–8, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkentda kechqurun “nosog‘lom” havo kutilmoqdaToshkentda kechqurun “nosog‘lom” havo kutilmoqda

O‘xshash yangiliklar