24.11.2026, Seshanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

Putinni qölga olişga talab, Trampdan tahdid va yonğinda halok bölgan özbeklar

Boshqa 23.11.2026 22:19 1Qalampir
Putinni qölga olişga talab, Trampdan tahdid va yonğinda halok bölgan özbeklar

Söngi 24 soat içida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti. 

Özbekistonda 70 yoşdan oşgan 200 nafardan ortiq erkak uylandi

Özbekistonda 2026 yilning yanvar – sentyabr oylarida 70 yoş va undan katta bölgan 218 nafar erkak nikohdan ötdi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakatda FHDYO organlari tomonidan jami 172 mingta nikoh qayd etilgan. Şulardan 3 ming 93 ta nikoh 20 yoşgaça bölganlar orasida tuzilgan bölsa, eng köp nikoh 20–30 yoş oraliğidagi şaxslar örtasida qayd etilgan.

Şu bilan birga, sönggi yillarda nikohlar soni sezilarli darajada kamaygan. 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2025 yilga kelib bu raqam 267,1 mingtani taşkil qilgan.

Ya’ni tört yil içida nikohlar soni 38,1 mingtaga kamaygan. Joriy yilning yanvar–iyun oylarida esa Özbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.

Tramp Eronga tahdid qildi

Donald Trampning sözlariga köra, agar Eron va AQŞ kelişuvga erişa olmasa, u yangi 2027 yil boşida Eronga zarba beriş haqida buyruq berişga tayyor. Şu bilan birga, u Tehron bilan davom etayotgan diplomatik muzokaralarni ma’nosiz deb atagan.

Bundan taşqari, u eronlik muzokaraçilarni jarayonni ataylab çözişda ayblab, AQŞdagi saylovlardan söng Eron, aksinça, duşmanlik harakatlarini kuçaytirganini aytgan.

“Ular hozir saylovlardan oldingiga qaraganda tajovuzkorroq harakat qilişmoqda. Tinmay gapirişyapti, faqat gapiriş bilan ovora, ammo bularning bari mutlaqo bema’nilik”, degan Tramp.

Uşbu bayonotlar Hormuz böğozidagi mojaro doirasida AQŞ tomonidan Eron portlarining dengiz blokadasi davom etayotgan bir paytda yangradi. Şuningdek Tramp, Amerika va Eron kuçlari örtasida özaro zarbalar almaşinuvi davom etişini taxmin qildi.

U Tehronga Amerika dengiz blokadasining mustahkamligini sinab körişni ham taklif qilgan.

“Umid qilamanki, ular urinib körişadi. Öşanda ularning qolgan butun floti bilan birga dengiz tubiga ravona bölişadi”, degan Tramp

Qirğizistondagi yonğinda özbekistonliklar halok böldi

Qirğizistonning Manas şahrida qurilayotgan ikki qavatli binoda sodir bölgan yonğin oqibatida Özbekistonning ikki fuqarosi halok böldi.

Qayd etilişiça, yonğin joriy yilning 22 noyabr kuni Intimoq qişloğidagi qurilişi tugallanmagan binoda yuz bergan. Uni öçiriş uçun 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hodisa oqibatida 1986–1988 va 1999 yilda tuğilgan 3 nafar erkak jabrlangan. Jabrlanganlardan ikki nafari yonayotgan binodan olib çiqilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan. Biroq ulardan biri şifoxonada vafot etgan, ikkinçisi esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

Uçinçi erkak voqea joyida tutundan zaharlanib halok bölgan. Uning jasadi qutqaruvçilar tomonidan binodan olib çiqilib, tibbiyot xodimlariga topşirilgan. Hozirda marhumlarning jasadini Özbekistonga qaytariş çoralari körilmoqda. Şuningdek, ularning qarindoşlari bilan ham aloqa örnatilgan.

YeI Putin hibsga olinmagani uçun Tojikistonni tanqid qildi

Yevropa ittifoqi Tojikistonni tanqid qildi. Ittifoq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Tojikistonga taşrif buyurganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. Bryussel 2023 yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilib, hibsga oliş orderi berilganini eslatdi.

Qayd etilişiça, Tojikiston Xalqaro jinoyat sudining Rim statutiga a’zo davlat hisoblanadi. Şu sababli mamlakat hibsga oliş orderini bajarişi lozim edi.

Yevropa Ittifoqi barça davlatlarni XJS bilan töliq hamkorlik qilişga, hibsga oliş orderlarini tezkorlik bilan ijro etişga, şuningdek, sud bilan ixtiyoriy kelişuvlar tuzişga çaqirgan.

Yevropa taşqi aloqalar xizmatining bayonotida aytilişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi oqibatida sodir etilgan barça xalqaro jinoyatlar va inson huquqlari buzilişi uçun töliq javobgarlikni ta’minlaşga qat’iy sodiq.

Bundan taşqari, Bryussel jabrlanuvçilarning odil sudlovga bölgan huquqlarini hurmat qiliş, yetkazilgan zararni qoplaş va kelajakda bunday jinoyatlarning oldini oliş kafolatlarini qöllab-quvvatlaydi.

Yevropa Ittifoqi XJS prokurori tomonidan Ukrainada olib borilayotgan tergovlarni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda va Rim statutiga a’zo barça davlatlarni sud bilan töliq hamkorlik qilişga çaqirmoqda.

Uç viloyat tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Qaşqadaryo, Sirdaryo va Farğona viloyatlarining ayrim tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Joriy yilning 23 noyabr kuni Ğayratjon Hamroyev Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu lavozim şu kungaça Botir Toğayevga tegişli edi. Tayinlovga qadar Ğayratjon Hamroyev viloyat hokimligida şöba mudiri lavozimida işlab kelayotgan edi. Ayni kunning özida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Bu lavozimni şu kunga qadar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati böyiça loyiha ofisi rahbari lavozimida işlab kelayotgan Bekmurod Akbarov egalladi. Undan avval tuman hokimi vazifasini Abdurahim Umarov bajargan. Bunday özgariş Farğona viloyatining Oltiariq tumanida ham amalga oşirildi. Şamsiddin Turdaliyevning örniga Jahongir Jumanov tayinlandi. U hozirga qadar viloyat Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi boşliği bölib işlab kelgan.
 

O‘xshash yangiliklar