23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yangiyo‘l tumanidagi o‘rmon hududida 10 ga yaqin daraxt noqonuniy kesildi

Boshqa 23.11.2026 18:53 0Anhor
Yangiyo‘l tumanidagi o‘rmon hududida 10 ga yaqin daraxt noqonuniy kesildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 10 ga yaqin daraxtning noqonuniy kesilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qoidabuzarlik Toshkent davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Yangiyo‘l o‘rmon uchastkasi hududida o‘tkazilgan reyd davomida aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.

To‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Ular kesilgan daraxtlarning turini aniqlashi, voqea tafsilotlarini o‘rganishi, huquqiy baho berishi va tegishli choralar ko‘rishi kerak.

Avvalroq Toshkentda «yashil belbog‘» hududini kengaytirish ishlari davom etayotgani haqida yozgan edik. 21-noyabr kuni Bektemir tumanida 4 gektar maydonga 3 mingdan ortiq ko‘chat ekilgan.

Mazkur tadbir prezident mamlakatdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari natijalarini, jumladan, daraxtlarning nobud bo‘lishi va hisobotlarda qo‘shib yozish holatlarini tanqid qilganidan ikki kun o‘tib o‘tkazilgan.

O‘xshash yangiliklar