27.11.2026, Juma+8.6°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.6°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

Buxoroga Xitoydan 25 ta yangi avtobus olib kelindi | Daryo

O'zbekiston 26.11.2026 23:40 0Daryo
Buxoroga Xitoydan 25 ta yangi avtobus olib kelindi | Daryo

Buxoroda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona tomonidan Xitoydan 25 ta Zhongtong rusumli avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Avtobuslar prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi qarori ijrosi doirasida xarid qilingan. Korxona 2026-yilda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 36 ta avtobus olib kelgan edi. Yangi avtobuslar bilan birgalikda korxonaning joriy yilda xarid qilgan transport vositalari soni 61 taga yetdi.

Ayni paytda korxona Buxoro shahridagi 2, 10, 18 va 21-sonli avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Buxoro shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan bosh reja asosida yo‘nalishlar tarmog‘ini takomillashtirish, avtobuslar harakatini samarali tashkil etish hamda aholining jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda.

2-oktyabr kuni Namanganga 12 ta Yutong rusumli avtobus olib kelingani haqida xabar berilgandi. Natijada shahardagi zamonaviy avtobuslar soni 130 taga yetgan va 25 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.

O‘xshash yangiliklar