Eron AQSHdan 290 mlrd dollar tovon puli talab qildi | Daryo

Ta’kidlanishicha, bu kompensatsiya AQSHning o‘nlab yillar davomidagi harakatlari oqibatida yetkazilgan zararlarni o‘z ichiga oladi.
Urush, kelishuvlar va sanksiyalar
Yaqin Sharqdagi urush 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘limiga sabab bo‘lgan keng ko‘lamli zarbalari bilan boshlangan edi. Eron bunga javoban mintaqa davlatlaridagi AQSH hamda Isroil bazalari va obyektlarini nishonga olib, raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi.
Iyun oyida AQSH va Eron o‘rtasida tinchlik kelishuviga zamin yaratish maqsadida Islomobod o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Hujjatda Vashington va uning mintaqaviy hamkorlari Eronni “qayta tiklash va iqtisodiy rivojlantirish” uchun kamida 300 milliard dollarlik reja ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Eron o‘zining yadroviy dasturi tufayli o‘nlab yillar davomida AQSHning og‘ir sanksiyalari ostida qolib kelmoqda.
Ayni paytda, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Yangi yildan keyin Eronga yangi zarbalar berilishini ma’lum qilgan. U Islom Respublikasi rasmiylarini “professional step raqqoslari”ga qiyoslab, ular dengiz tubiga g‘arq bo‘lishini aytgan hamda tezroq kelishuvga erishishga chaqirgan.



