24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Eron rasmiysi AQŞ bilan muzokaralarni boşlaş uçun 7 ta şartni aytdi

Jahon 24.11.2026 15:10 0Qalampir
Eron rasmiysi AQŞ bilan muzokaralarni boşlaş uçun 7 ta şartni aytdi

Eron parlamenti raisi Muhammad Boqir Ğolibof yettita şart bajarilmagunga qadar Tehron Vaşington bilan muzokaralar olib boriş yölida heç qanday qadam taşlamasligini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Eron AQŞning ehtimoliy harakatlariga javob berişga tayyor. Bu haqda Ğolibof parlamentning oçiq majlisida gapirdi.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa Amerika rasmiylarining bayonotlariga munosabat bildirar ekan, u Eronga nisbatan tahdidlar va iqtisodiy bosimning davom etişi Vaşingtonning Tehron oldidagi ojizligidan dalolat berişini ta’kidlagan.

Ğolibof Eronning AQŞ bilan muzokaralar masalasidagi pozitsiyasi aniq va özgarmas bölib qolayotganini qayd etgan.

“Avval aytganimizdek, Eronning yettita şarti bajarilmagunça heç qanday qadam taşlanmaydi va heç qanday muzokaralar ötkazilmaydi”, deydi u.

Eronning AQŞ tomonidan bölişi mumkin bölgan hujumlarga javob berişga tayyorligini ta’kidlar ekan, Ğolibof şunday deydi: 

“Agar duşman xatoga yöl qöysa, biz qat’iy javob berişga, jumladan, uruş geografiyasini özgartirişga tayyormiz”.

Tehron AQŞ bilan keng kölamli muzokaralarni boşlaş va Hormuz böğozini oçiş uçun ilgari surilgan yettita şart bajarilişini qat’iy talab qilmoqda.

Eron talablari orasida dengiz blokadasini olib taşlaş, savdo va neft kemalarining Hormuz böğozi orqali xavfsiz ötişini ta’minlaş, Tehronga qarşi bir tomonlama sanksiyalarni bekor qiliş, Eronga neft eksporti uçun istisno taqdim etiş, aktivlarni muzlatişdan çiqariş, şuningdek, barça frontlarda uruşni töxtatiş örin olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron rasmiylari tajovuz sodir etilgan taqdirda Yevropaning bir qator davlatlaridagi Amerika bazalari nişonga aylanişi mumkinligidan ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar