Antaliyada sher hujumidan omon qolgan erkak Istanbuldagi voqeadan so‘ng o‘sha dahshatli kunlarni esladi (video)

Shunga qaramay, Sulaymon Kir yirtqich hayvonga nisbatan nafrat saqlamagan. U o‘sha voqeadan keyin bergan intervyusida: «Men sherni kechiraman. Lekin yomon niyatli odamlarni kechirmayman. Aslida, sherning aybi yo‘q», — degan edi. Erkakning fikricha, hodisa uchun hayvon emas, uning qochib ketishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullar javob berishi kerak.
Istanbuldagi so‘nggi xabarlar ham Kirning e’tiboridan chetda qolmadi. U Sariyer tumanida sher ko‘ringani haqidagi xabar ortidan fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda darhol xavfsizlik xodimlariga xabar berish lozim.
Ma’lumot uchun, Istanbulning Sariyer tumanidagi Uskumruköy mahallasida 22 noyabr kuni sher ko‘ringani haqida xabar kelib tushgan. Qidiruv ishlariga jandarmiya, favqulodda xizmatlar va veterinariya mutaxassislari jalb etilgan. Biroq 23 noyabr kuni Istanbul gubernatorligi yangi videoyozuvlar o‘rganilgach, tasvirlardagi hayvon sher yoki boshqa yirik mushuksimonlar turiga mansub emasligi taxmin qilinganini ma’lum qildi.



