24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Qadimgi Misrda marhumlarga oltin til nima sababdan qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Jahon 24.11.2026 15:40 0Zamin
Qadimgi Misrda marhumlarga oltin til nima sababdan qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Qadimgi Misrda marhumlarni dafn etish marosimlarida o‘ziga xos bir odat bo‘lgan. Ayrim marhumlarning og‘ziga til shaklida yasalgan oltin tumorlar joylashtirilgan. Qadimgi misrliklar bu buyumlar insonning narigi dunyoda ham gapira olishiga yordam beradi, deb ishonishgan.

Ölkə.az nashrining yozishicha, ularning e’tiqodiga ko‘ra, inson vafotidan keyin ham xudolar bilan muloqot qilishi, o‘z fikrlarini bayon etishi va narigi dunyodagi hukm jarayonida so‘zlay olishi kerak bo‘lgan. Oltin til tumorlar aynan shu vazifani bajarishi uchun marhumning og‘ziga qo‘yilgan.

Tumorlarning oltindan yasalishi ham bejiz emas. Qadimgi Misr mifologiyasida oltin xudolarning tanasi bilan bog‘langan bo‘lib, abadiylik va o‘lmaslik ramzi sanalgan.

Shu bois bu buyumlar oddiy bezak emas, balki marhumning narigi dunyodagi hayoti va xudolar bilan muloqotiga oid diniy e’tiqodlarning bir qismi hisoblangan.

O‘xshash yangiliklar