26.11.2026, Payshanba+11.6°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+11.6°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

“Hassa tutsam, odamlar yordam bermay qo‘yadi”. Sun’iy intellekt ko‘magida mustaqil yashayotgan ko‘zi ojiz er-xotin hikoyasi | Daryo

O'zbekiston 26.11.2026 19:00 0Daryo
“Hassa tutsam, odamlar yordam bermay qo‘yadi”. Sun’iy intellekt ko‘magida mustaqil yashayotgan ko‘zi ojiz er-xotin hikoyasi | Daryo

Jahongir otasi haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, ko‘zi ojiz tug‘ilgach, otasi tomondagi qarindoshlar bolaning kelajagi haqida salbiy gaplar aytgan va ularning aralashuvi ota-onasining ajralishiga sabab bo‘lgan. Hozir otasining boshqa oilasi bor, Jahongir u bilan ba’zan gaplashib turadi.

Shahrizoda esa ko‘zi ojizlar maktabida o‘ziga o‘xshagan bolalar bilan o‘ynab, hazillashib katta bo‘lgan, biroq ko‘zi ko‘radigan ayrim bolalar ustidan kulgan paytlarni ham eslaydi. Maktab va universitetga qatnashida onasi hamda tog‘asi tayanch bo‘lgan.

Eshitib o‘rganilgan ingliz tili va Navigator ovozi

Shahrizoda ingliz tilini o‘rganib, sertifikat olishga harakat qilyapti. Brayl yozuvidagi kerakli o‘quv materiallarini topish qiyin, shu uchun darslarni asosan eshitib, jumladan YouTube orqali o‘rganyapti.

Jahongir esa bolaligida radiodan qo‘shiq eshitib, musiqaga qiziqib qolgan. Keyin Farg‘onadagi musiqa maktabida birinchi ustozidan dars olgan. Yangi kuylarni eshitib xotirasida saqlab qoladi va fortepianoda chalib ko‘radi. Qahramonimiz suhbatda fortepiano chalib, Orolmirzo Safarov kuylagan “Gar nolisak” qo‘shig‘ini biroz xirgoyi qildi. Barmoqlari bilan doira usulini chiqarib, G‘iyos Boytoyev kuylagan qo‘shiqlardan birini ham aytdi.

Bundan tashqari, Jahongir ovozlarga ham taqlid qiladi — Yandex Navigator ovozi, Gargamel va Maraymamat obrazlariga o‘xshatib gapiradi. “Artist” tanloviga ikki yil ketma-ket borgan, lekin uning fikricha, tanlovga ko‘proq shou ko‘rsata oladigan ishtirokchilar kerak ekan.

“Nogironlik menga metin irodali bo‘lishni va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni o‘rgatdi”, deydi Jahongir. Bugun yosh oilaning eng katta qo‘rquvi ham bitta — o‘zlariga tayanch bo‘lib kelgan yaqinlarini yo‘qotmaslik.

O‘xshash yangiliklar