Toshkentda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha xalqaro forum boshlandi

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlari tashkil etilganining 35-yilligiga bag‘ishlangan "Tashkent Law Enforcement Forum – 2026" xalqaro ilmiy-amaliy forumi boshlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir Bosh prokuratura va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etildi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokuratura organlarining 35-yillik faoliyati, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov, Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, BMT va YeXHT vakillari ham ishtirok etmoqda.

V Tashkente startoval mejdunarodniy forum Law Enforcement Forum - 2026
© Generalnaya prokuratura
Ikki kun davomida ishtirokchilar zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga innovatsion yechimlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tajriba almashadi.




