25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Heyli Biber 30 yoshda. Mashhurlikni biznesga aylantirgan model o‘z imperiyasini qanday qurdi? | Daryo

Shou-biznes 25.11.2026 12:47 0Daryo
Heyli Biber 30 yoshda. Mashhurlikni biznesga aylantirgan model o‘z imperiyasini qanday qurdi? | Daryo

Rhode

2022-yilning iyun oyida Heyli o‘zining Rhode nomli kosmetika brendiga asos soldi. Brend nomi uning ikkinchi ismidir. Dastlabki kolleksiya atigi uchta mahsulotdan iborat edi.

Brend falsafasi juda oddiy edi: javonni o‘nlab idishchalar bilan to‘ldirib tashlagandan ko‘ra, har bir vazifa uchun bittadan bo‘lsa-da, haqiqatan ham sifatli vositaga ega bo‘lgan ma’qul. Tashqi ko‘rinishi jihatidan ham Rhode ko‘plab raqobatchilardan ajralib turardi: minimalizm va ijtimoiy tarmoqlar lentasida darhol ko‘zga tashlanadigan o‘ziga xos estetika.

Ammo chiroyli ko‘rinish ortida jiddiy mehnat yotardi. Heyli mahsulotlarni ishlab chiqishga professionallarni, jumladan, kosmetika kimyogari Ron Robinsonni jalb qildi, mutaxassislar bilan maslahatlashdi va formulalarni sinovdan o‘tkazishda shaxsan ishtirok etdi. U mahsulotning teksturasi, tarkibi va berishi kerak bo‘lgan natijasiga jiddiy e’tibor qaratishini yashirmasdi.

Yana bir o‘ziga xos marketing yurishi — lab balzami uchun maxsus joyi bor telefon g‘ilofi bo‘ldi. Arzimagan narsaga o‘xshab ko‘rinsa-da, aksessuar bir zumda ommalashib ketdi.

Bozordagi uch yil ichida milliard dollar

Heylining biznesdagi muvaffaqiyatining eng ta’sirli tasdig‘i 2025-yil may oyida namoyon bo‘ldi. e.l.f. Beauty kompaniyasi Rhode’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Bitim qiymati bir milliard dollargacha baholandi: shartnoma yopilishi bilan 800 million dollar to‘lanishi, brendning kelajakdagi natijalariga qarab esa qo‘shimcha to‘lovlar shaklida yana 200 million dollargacha mablag‘ berilishi ko‘zda tutilgan edi.

O‘sha paytga kelib, Rhode allaqachon jiddiy moliyaviy natijalarni qayd etayotgandi. 2025-yil 31-martda yakunlangan 12 oy davomida brendning sof savdosi 212 million dollarni tashkil etdi. Bularning barchasiga brend ishga tushirilgandan atigi uch yil o‘tib erishildi.

Bitim 2025-yil avgust oyida yakunlandi. Heyli asoschi maqomini saqlab qoldi, Rhode’ning kreativ direktori va innovatsiyalar yo‘nalishi rahbariga aylandi, shuningdek, e.l.f. Beauty kompaniyasining strategik maslahatchisi lavozimini egalladi.

O‘xshash yangiliklar