25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Turk seriallari yulduzlari O‘zjan Deniz va Deniz Chakir Istanbulda qo‘lga olindi | Daryo

Shou-biznes 25.11.2026 16:05 0Daryo
Turk seriallari yulduzlari O‘zjan Deniz va Deniz Chakir Istanbulda qo‘lga olindi | Daryo

Istanbul Bosh prokuraturasi giyohvand moddalar va fohishalik bilan bog‘liq ish yuzasidan 35 kishini qo‘lga olish haqida qaror chiqardi. Ularning 23 nafari, jumladan, turkiyalik aktyorlar, rejissorlar va musiqachilar qo‘lga olindi. Ular orasida “Muhtasham yuz yil” serialida Sulton Sulaymonning singlisi rolini ijro etgan aktrisa Deniz Chakir ham bor. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.

Shuningdek, mazkur ish doirasida “Istanbullik kelin” seriali aktyori O‘zjan Deniz hamda “Omer” va “Himoyasizlar” seriallari rejissori Jem Kardji ham qo‘lga olingan. Nashrning yozishicha, ularni qo‘lga olishga anonim guvohlarning ko‘rsatmalari asos bo‘lgan.

Foto: “Muhtasham yuz yil” serialidan kadr

Hozircha gumonlanuvchilarga aynan qanday ayblovlar qo‘yilayotgani ma’lum emas. Bosh prokuratura bayonotida huquqni muhofaza qiluvchi organlar fohishalik, giyohvand moddalar savdosi, shuningdek, ularni iste’mol qilish va saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tergov olib borayotgani qayd etilgan.

Turkiyada, jumladan, Istanbulda giyohvand moddalarga qarshi keng ko‘lamli amaliyotlar 2025-yil oktabr oyidan buyon davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar