25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

O‘zbekistonda 2017-yildan buyon 11 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqarildi | Daryo

O'zbekiston 25.11.2026 19:23 0Daryo
O‘zbekistonda 2017-yildan buyon 11 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqarildi | Daryo

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda 2017-yildan buyon 11 million nafar aholi kambag‘allikdan chiqarilgani qayd etildi. Shu bilan birga, aholi daromadlarini oshirish borasida hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi kunda mikro, kichik va o‘rta biznes iqtisodiyotda band aholining 75 foizini qamrab olgan bo‘lsa-da, yalpi ichki mahsulotning 55 foizi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yirikroq biznes toifasiga o‘tayotgan mikrokorxonalar ulushi atigi 4 foizni tashkil etib, xalqaro mezonlardan qariyb to‘rt barobar past. Axborot texnologiyalari, logistika, moliya va sug‘urta kabi yuqori daromadli sohalarda kichik biznesning ulushi esa 8 foizni tashkil etmoqda.

Aholi daromadlarini oshirish maqsadida hududlarda umumiy qiymati 81 trln so‘mlik mingta loyihani amalga oshirish orqali 320 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taklif etilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2030-yilga qadar mikro, kichik va oʻrta korxonalarning yirikroq biznes toifasiga oʻtish surʼatlarini ikki barobar oshirish, ushbu sektorning aholi bandligidagi ulushini 80 foizga, oʻrta sinf ulushini 90 foizga yetkazish, norasmiy bandlikni yanada qisqartirish maqsad qilingan.

Prezident mutasaddilarga tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni yanada puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘xshash yangiliklar