Özbekistonda hokim yordamçilari faoliyatini baholaş özgaradi

Özbekistonda hokim yordamçilari faoliyatini baholaşda miqdor körsatkiçlaridan sifat körsatkiçlariga ötiladi. Bu haqda bugun, 25 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi bandligini ta’minlaş sohasidagi islohotlarni çuqurlaştiriş yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, hokim yordamçilari faoliyatini baholaşda miqdor körsatkiçlaridan sifat körsatkiçlariga ötiladi. Bunda taşkil etilgan korxonalarning barqaror faoliyat yuritişi, yaratilgan iş örinlarining doimiyligi va tadbirkorlar tovar aylanmasining ösişi asosiy mezon böladi.
Aholi daromadlarini bevosita oşirişga qaratilgan loyihalar haqida ham axborot berilgan. Jumladan, hududlarda umumiy qiymati 81 trillion sömlik mingta loyihani amalga oşiriş orqali 320 mingta iş örni yaratiş, mahallalarning ixtisoslaşuvi asosida kooperatsiyani rivojlantiriş, tomorqa va ijara yerlarida yuqori daromadli mahsulotlar yetiştiriş rejalaştirilgan.
Taklif etilayotgan çora-tadbirlar natijasida 2030 yilga qadar mikro, kiçik va örta korxonalarning yirikroq biznes toifasiga ötiş sur’atlarini ikki barobar oşiriş, uşbu sektorning aholi bandligidagi uluşini 80 foizga, örta sinf uluşini 90 foizga yetkaziş, norasmiy bandlikni yanada qisqartiriş maqsad qilingan.
Tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlarda kafolat va kafillik asosida berilgan kreditlar uluşini 1 foizdan 12 foizga, xalqaro moliya institutlari mablağlari va bozordan jalb qilinadigan qarzlar uluşini 17 foizdan 35 foizga yetkaziş közda tutilgan.
Şular bilan bir qatorda taqdimotda mehnat bozorida talab va taklifni muvofiqlaştiriş, bandlik xizmatlarini töliq raqamlaştiriş, kasbiy malakani baholaş va xalqaro sertifikatlaş tizimini rivojlantiriş, rasmiy iş örinlarini köpaytirişga ustuvor e’tibor qaratiş zarurligi qayd etilgan.
Mehnat munosabatlarini tartibga soliş sohasida qonunçilikni takomillaştiriş, iş beruvçi va xodimlar örtasida özaro manfaatli munosabatlarni şakllantiriş, mehnat munosabatlarini rasmiylaştiriş jarayonlarini soddalaştiriş hamda davlat mehnat nazoratini yaxşilaş böyiça takliflarni kiritiş topşirilgan.
Davlat rahbari mutasaddilarga taşabbuslarni yanada puxta işlab çiqib, tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan islohotlarning yangi bosqiçida vazirlik-idoralar vazifalari va özaro hamkorlik mexanizmlarini aniq belgilaş böyiça topşiriqlar bergan.



