26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

O‘zbekistonda har bir tuman va shahardagi kamida bitta maktabda voleybol klubi tashkil etiladi | Daryo

O'zbekiston 26.11.2026 18:18 0Daryo
O‘zbekistonda har bir tuman va shahardagi kamida bitta maktabda voleybol klubi tashkil etiladi | Daryo

Hukumatning “Voleybol sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-noyabrdagi 641-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2030-yilgacha voleybolni rivojlantirish va ommalashtirishning asosiy maqsadlari qatorida quyidagilar belgilandi:

  • Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘rnini ko‘tarish va Osiyoning yetakchi beshta mamlakati qatoriga kiritish;

  • voleybol bilan shug‘ullanuvchilar sonini 1 mln nafarga yetkazish.

2026-yil 1-dekabrdan har bir tuman va shahardagi kamida bittadan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida voleybolga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi.

2026/2027-o‘quv yili yakuniga qadar voleybol infratuzilmasi mavjud barcha maktablarda voleybol to‘garaklari ochiladi.

Shuningdek, 1-dekabrdan voleybolga ixtisoslashgan klublar o‘rtasida “Kelajak yulduzlari” voleybol musobaqasi o‘tkazib boriladi.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tizimida Milliy voleybol ligasi tashkil etiladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Professional voleybol ligasi;

  • Talabalar voleybol ligasi;

  • Havaskorlik voleybol ligasi;

  • boshqa voleybol ligalari.

Avvalroq Toshkentdagi zarur infratuzilmaga ega umumta’lim maktablari 2027–2028-yillarda bosqichma-bosqich velosipedlar bilan ta’minlanishi haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar