24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi | Daryo

O'zbekiston 24.11.2026 17:39 0Daryo
Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi | Daryo

O‘zbekiston prezidenti ushbu yuksak mukofotda nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasiga berilgan e’tirofni, balki Iordaniya podshohining o‘zbek xalqiga nisbatan cheksiz hurmati, ko‘p qirrali munosabatlar rivojiga qaratayotgan ulkan e’tiborining yorqin namunasini ko‘rishini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

O‘z navbatida, davlat rahbari Iordaniya podshohini mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin do‘stlik munosabatlari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Ta’kidlanganidek, ushbu mukofot podshoh Abdulla II ibn al-Husaynning ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lidagi ulkan sa’y-harakatlariga O‘zbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Iordaniya yetakchisi bunday samimiy e’tirof uchun prezidentga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni butun Iordaniya xalqiga, mamlakatlar o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va mustahkam hamkorlikka ko‘rsatilgan alohida hurmat ramzi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar