24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Toshkentning Chilonzor tumanida yangi sayilgoh barpo etiladi | Daryo

O'zbekiston 24.11.2026 17:30 0Daryo
Toshkentning Chilonzor tumanida yangi sayilgoh barpo etiladi | Daryo

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Anhor kanali bo‘ylarini kompleks obodonlashtirish va yangi sayilgoh barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, obodonlashtirish ishlari kanalning Bunyodkor ko‘chasidan Naqqoshlik ko‘chasigacha bo‘lgan 1,7 kilometrlik qismida amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar kanal o‘zanining 500 metrdan ortiq qismi betonlangan.

Loyiha doirasida kanal bo‘ylab umumiy uzunligi 3,4 kilometr bo‘lgan velosiped va piyodalar yo‘laklarini barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, kanalning ikki qirg‘og‘ini o‘zaro bog‘lovchi uchta ko‘prik qurish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida qirg‘oqlar bo‘ylab himoya panjaralarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar