APEX BANK ilk bor korporativ obligatsiyalar chiqarmoqda. Investor buyurtmada mo obligatsiyalarni so‘ndirishgacha bo‘lgan yillik samarali daromadlilikning 16 foizdan 19 foizgacha bo‘lgan oralig‘ida o‘zi uchun maqbul darajalarni tanlaydi. Har bir daraja bo‘yicha qancha hajmda obligatsiya sotib olishga tayyorligini ko‘rsatadi.
Chiqarilishning umumiy hajmi 100 mlrd so‘mni, bitta obligatsiyaning nominal qiymati esa 10 mln so‘mni tashkil etadi. Obligatsiyalar “Toshkent” respublika fond birjasida ochiq obuna orqali joylashtiriladi. Ularning muomala muddati joylashtirish boshlangan kundan e’tiboran 24 oy.
Kupon stavkasi qat’iy belgilangan va obligatsiyaning nominal qiymatiga nisbatan yillik 19 foizni tashkil etadi. Bank kupon daromadini har chorakda to‘laydi. Investor uchun obligatsiyaning so‘ndirishgacha bo‘lgan daromadliligi uni sotib olish narxiga bog‘liq.
Buyurtmaning eng kam hajmi nominal qiymat bo‘yicha 1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Emissiya risolasi va buyurtma shaklini quyidagi joylashtirish tashkilotchilaridan biridan olish mumkin.
To‘ldirilgan va imzolangan buyurtma ham ulardan biriga yuboriladi:
• E-mail: info@piamg.uz, Telegram: t.me/piamg_support;
• E-mail: info@bluestoneib.com, Telegram: t.me/bluestone_invest.
APEX BANK 2023-yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan. Bank jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatadi. Obligatsiyalar bo‘yicha savollarni FI@apexbank.uz manziliga yuborish mumkin.
Obligatsiyalar bank omonati hisoblanmaydi. Omonatlarni kafolatlash tizimi ularga tatbiq etilmaydi. Investor kiritgan mablag‘ining bir qismini yoki barchasini yo‘qotishi mumkin. Qaror qabul qilishdan oldin emissiya risolasi bilan tanishib chiqish zarur.
Telefon: 1881.
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Reklama huquqlari asosida.




