23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Boshqa 22.11.2026 09:41 0Gazeta
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

22-noyabr kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Umumiy ob-havo prognoziga ko‘ra, shu kuni respublikaning asosiy qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7−12 m/s ni, kunduzgi havo harorati esa 20−25 daraja iliqni tashkil etadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3−8 m/s tezlikda esib, havo harorati 20−22 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, shamol 7−12 m/s tezlikda esib, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat esa 14−19 daraja iliq atrofida saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar