O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi va O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda Istanbuldagi Bosh konsulxona.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Y.G. Xorazm viloyatidagi Bandlikka ko‘maklashish markazida mutasaddi lavozimda ishlagan davrida mansab vakolatlaridan foydalanib, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish hamda rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bo‘yicha qidiruvga berilgandi.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.




