26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

GITEX AI Kazakhstan O‘zbekiston biznesini Olmaotadagi ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilmoqda

Boshqa 26.11.2026 19:00 0Gazeta
GITEX AI Kazakhstan O‘zbekiston biznesini Olmaotadagi ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilmoqda

O‘zbekistonning texnologik kompaniyalari, startaplari va raqamli yechimlarni ishlab chiquvchilar GITEX AI Kazakhstan 2027 ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilinmoqda. Ko‘rgazma 7−8-iyun kunlari Olmaotadagi “Atakent” ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi. Unda biznes vakillari, investorlar, davlat idoralari va xalqaro texnologik kompaniyalar jamlanadi.

Tadbir Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev homiyligida o‘tkaziladi. Ko‘rgazmani Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi qo‘llab-quvvatlaydi. Astana Hub va Olmaota shahar hokimligi hamkorlar sifatida qatnashadi. 2026-yilda GITEX AI Kazakhstan ko‘rgazmasini Qosim-Jomart Toqayev ochgan edi. O‘shanda unda 334 ta kompaniya va startap qatnashgan, ko‘rgazmaga 86 mamlakatdan 12 ming kishi tashrif buyurgan.

gitex ai, реклама

O‘zbekiston biznesi uchun ko‘rgazmada ishtirok etish o‘z texnologiyalarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish, ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazish, hamkor va investorlar topish, shuningdek, Qozog‘iston hamda mintaqaning boshqa mamlakatlari kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Tashkilotchilar 2027-yilgi dastur kengaytirilishini, unda ishbilarmonlik uchrashuvlari hamda hamkorlik va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari nazarda tutilganini ma’lum qildi.

Ko‘rgazmada beshta yangi mavzuli yo‘nalish taqdim etiladi: superkompyuter texnologiyalariga bag‘ishlangan GITEX SuperComputeX, yangi energetika bo‘yicha GITEX New EnergyX, robototexnika yo‘nalishidagi GITEX RobotiX, kiberxavfsizlikka oid GITEX Cyber Valley hamda aqlli shaharlar va raqamli aloqani qamrab oluvchi GITEX Intelligent Cities x Connectivity.

Shuningdek, GITEX AI Kazakhstan doirasida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, bulutli texnologiyalar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar markazlari, energetika va tarmoq infratuzilmasi sohalaridagi yechimlar namoyish etiladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazma mintaqaviy texnologik ekotizimlarni xalqaro kompaniyalar va investorlar bilan bog‘lash, shuningdek, sun’iy intellektni iqtisodiyot va sanoatga joriy etishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

gitex ai, реклама

“Sun’iy intellektni ishlab chiqish, joriy etish va keng miqyosda qo‘llash bo‘yicha Qozog‘istonni Yevrosiyoning asosiy markazlaridan biriga aylantirishni maqsad qilganmiz”, — dedi Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev.

U Digital Qazaqstan strategiyasi va xalqaro texnologik maydonlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Ko‘rgazma va ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni GITEX Kazakhstan rasmiy saytida olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

O‘xshash yangiliklar