26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

Ikki öt orasida qolgan Duşanbe: Tojikiston nega Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda?

Boshqa 26.11.2026 18:46 0Qalampir
Ikki öt orasida qolgan Duşanbe: Tojikiston nega Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda?

Xalqaro jinoyat sudi 2023 yildayoq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş töğrisida order bergan edi. Bunga köra, Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Putin öz hududiga kirgan taqdirda, xalqaro huquqiy majburiyatlaridan kelib çiqib, uni hibsga olişi va sudga topşirişi kerak.

Ammo Putin bu tahdidni jiddiy qabul qilmagandek körinadi. Bugunga qadar u 16 ta davlatga safar uyuştirdi va hanuz ozodlikda. Biroq Rossiya rahbari taşrif buyurgan mamlakatlar orasida ikkitasi alohida majburiyatga ega edi. Bular – Möğuliston va Tojikiston. Har ikki davlat öz vaqtida Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilgan va uning qarorlarini bajariş majburiyatini zimmasiga olgan edi.

Şunga qaramay, hibsga olinişi lozim bölgan Putin Tojikistonga ikki marta taşrif buyurdi. Duşanbe esa uni quçoq oçib kutib oldi. Bu holat Yevropa davlatlarining keskin tanqidiga sabab böldi. Tanqidlar va xalqaro bosimdan norozi bölgan Duşanbe esa taşkilotdagi a’zoligini töxtatiş haqidagi qarorini BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişga yetkazdi. Putin taşrifidan söng qabul qilingan uşbu qaror xalqaro maydonda jiddiy muhokamalarga sabab bölmoqda.

Putin ortidan kelgan tanqid

Vladimir Putin uçun Tojikistonga taşrif odatiy diplomatik uçraşuvlardan biri bölişi mumkin. Biroq Xalqaro jinoyat sudi tomonidan hibsga olişga order berilgan insonni öz davlati hududiga kiritiş xalqaro bosim ostida qolişning boşlanişi bölişi mumkin, ayniqsa, uşbu davlat 1998 yilda qabul qilingan Rim statutini ratifikatsiya qilgan bölsa.

20 noyabr kuni ertalab Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amaliy taşrif bilan Tojikistonga bordi. Uni Duşanbe xalqaro aeroportida mamlakat Prezidenti Imomali Rahmonning şaxsan özi kutib olişi ikki davlat örtasidagi yaqin siyosiy aloqalarning oçiq namoyişi böldi. Muzokaralar kun tartibidan strategik şeriklik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va ayniqsa, Tojikistonda joylaşgan Rossiyaning 201-harbiy bazasi kelajagi örin oldi. Mazkur baza Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy ob’ektlaridan biri bölib, Moskvaning Markaziy Osiyodagi harbiy ta’sirini saqlab turişda muhim ahamiyatga ega. Demak, taşrifning siyosiy va harbiy manfaatlari yetarliça salmoqli edi.

Ammo 2023 yil 17 mart kuni Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezident huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibsga oliş orderlarini çiqargan. Ular Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qiliş va köçiriş bilan boğliq uruş jinoyatlarida gumon qilingan. Rim statutiga a’zo davlatlar esa sud bilan hamkorlik qiliş va uning tegişli talablarini bajariş majburiyatiga ega. Tojikiston ham ana şunday davlatlardan biri, mamlakat statutni 1998 yilda imzolagan va 2000 yilda ratifikatsiya qilgan.

Bir tomonda Rossiya bilan strategik aloqalar, harbiy hamkorlik va iqtisodiy manfaatlar, ikkinçi tomonda esa xalqaro sud oldidagi majburiyatlar. Tojikiston ikki öt orasida qoldi. Mana şunday dilemma yoqasida qolgan Duşanbening qarori xalqaro maydonda jiddiy muhokamalarga sabab böldi. U Rossiyani tanladi.

Oradan köp ötmay, Bryussel sukutni buzdi. Yevropa Ittifoqining Taşqi aloqalar xizmati (EEAS) 23 noyabr kuni e’lon qilgan bayonotida Putinning Tojikistonga taşrifidan afsusda ekanini bildirdi. Bryussel Duşanbe Rim statutiga a’zo davlat sifatida XJSning hibsga oliş orderini bajarişi kerakligini eslatdi. Yevropa Ittifoqi, şuningdek, barça a’zo davlatlarni sud bilan töliq hamkorlik qilişga va uning orderlarini tezkor ijro etişga çaqirdi. Bayonotda Ukrainaga qarşi uruş davomida sodir etilgan xalqaro jinoyatlar uçun javobgarlik ta’minlanişi, jabrlanuvçilarning odil sudlovga bölgan huquqlari hurmat qilinişi kerakligi alohida ta’kidlandi.

20 noyabr kuni esa Tojikiston BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişni Xalqaro jinoyat sudining Rim statutidan çiqiş qarori haqida rasman xabardor qilgan. Bu haqdagi ma’lumot 23 noyabr kuni ma’lum böldi. Rim statutining 127-moddasiga muvofiq, bunday qaror tegişli bildirişnoma BMT Boş kotibiga topşirilganidan bir yil ötib kuçga kiradi. Demak, Tojikistonning XJSdan çiqişi 2027 yil 20 noyabrda amalga oşadi. unga qadar mamlakat statut böyiça öz majburiyatlarini bajarişi lozim.

Bu qaror Putinning taşrifi bilan bevosita boğliq ekani rasman tasdiqlanmagan. Biroq ikki voqeaning ketma-ket yuz bergani hammani bir xil tasavvurga keltirmoqda. Duşanbe xalqaro sud oldidagi majburiyatlarini bajariş örniga, uning yurisdiksiyasidan çiqiş yölini tanladi.

Rim statuti iştirokçi davlatlari assambleyasi raisi ham şartnomani ratifikatsiya qilgan yagona Markaziy Osiyo davlati bölgan Tojikistonning bu harakatidan xavotirda ekanini bildirdi.

“Iştirokçi davlatlarning Rim statutidan çiqiş töğrisidagi qarorlari adolatni birgalikda izlaşga putur yetkazişi va jazosizlikka çek qöyişga qaratilgan global sa’y-harakatlarni susaytirişi mumkin. Xalqaro jinoyat sudi xalqaro javobgarlik tizimining markazida turadi va uning samaradorligi xalqaro hamjamiyatning doimiy va aniq qöllab-quvvatlaşiga boğliq. Adolatni izlaş maqsadlar birligi orqali mustahkamlanadi”, deb yozadi taşkilotning prezidentlik idorasi.

Yevropa Ittifoqi ham Tojikistonning uşbu qaroridan afsusda ekanini bildirib, mamlakatning XJSdagi iştiroki “uning qoidalarga asoslangan xalqaro tartib, köp tomonlamalik va xalqaro adolatga sodiqligini aks ettirganini” ta’kidladi.

Iştirokçi davlatlar assambleyasi ham, Yevropa Ittifoqi ham Tojikiston kelişuvning iştirokçi davlati bölib qolayotgan ekan, Rim statuti böyiça majburiyatlari saqlanib qolişini ma’lum qildi.

Qiziği, Tojikistonning Putin ortidan tanqidlar ostida qolişi birinçi marta emas. Ötgan safar, Rossiya yetakçisi 2025 yilda Duşanbe şahriga taşrif buyurganida, Tojikiston hukumati uni nega hibsga olmaganining sabablarini izohlaşga majbur bölgan edi. XJS oldida öz pozitsiyasini himoya qilar ekan, Tojikiston vakillari Rossiya Rim statutining iştirokçisi emasligini qayd etgan. Sud hujjatlariga köra, Tojikiston Rossiya bilan ikki tomonlama kelişuvga ega ekanini ham bildirgan. Unga muvofiq, “yuqori martabali amaldorlar uçinçi tomonlar yurisdiksiyasidan immunitetga ega, şu bois ular hibsga olinişi yoki uçinçi tomonlarga ekstraditsiya qilinişi mumkin emas”.

Bu gal esa Duşanbe bunday tanqidlarga butkul çek qöyişga qaror qildi. XJSdan çiqiş uni bunday majburiyatlardan ozod qilişi mumkin, biroq a’zolik davrida yuzaga kelgan majburiyatlar va şu davrda sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlar böyiça sud vakolati saqlanib qoladi.

XJSga qarşi katta “uruş”

Tojikistonning Xalqaro jinoyat sudidan çiqiş qarori xalqaro huquq tizimiga berilgan navbatdagi zarba böldi. Biroq bu voqea XJSdan çiqiş kampaniyasining bir qismi xolos. Sönggi yillarda sud atrofida şakllangan siyosiy qarama-qarşiliklar, ayrim davlatlarning unga nisbatan işonçining susayişi va, ayniqsa, AQŞning oçiq bosimi xalqaro jinoiy odil sudlov tizimini tobora murakkab ahvolga solmoqda. Bir tomonda Rossiya rahbari Vladimir Putinni hibsga olişga qodir bölmagan davlatlar, ikkinçi tomonda esa sudning özini jazolaşga kirişgan Vaşington turibdi. Natijada xalqaro adolat uçun yaratilgan institutning taqdiri yirik davlatlarning siyosiy manfaatlari bilan töqnaş kelmoqda.

XJS tarixida bunday holatlar avval ham kuzatilgan. 2017 yilda Burundi suddan rasman çiqqan birinçi davlat böldi. Bunga mamlakatda inson huquqlari buzilişi va siyosiy zöravonliklar yuzasidan boşlangan tergov sabab bölgan. Oradan ikki yil ötib, 2019 yilda Filippin ham taşkilot bilan aloqalarini uzdi. Öşa paytdagi prezident Rodrigo Duterte mamlakatda narkotik savdosiga qarşi olib borilgan qonli kampaniya ortidan XJS e’tiboriga tuşgan edi. Sud uning davrida sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlarni örganişni boşlagaç, Manila Rim statutidan çiqiş haqida bildirişnoma yubordi. Biroq bu qaror tergovni töxtata olmadi: sud Filippinning a’zolik davrida sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlarni körib çiqiş vakolatini saqlab qoldi.

Keyingi yillarda esa XJSdan çiqiş alohida davlatlarning noroziligidan köra, kengroq siyosiy tendensiyaga aylana boşladi. 2026 yilda Burkina-Faso, Mali va Niger harbiy hukumatlari sudni “neokolonial repressiya vositasi” deb atab, undan çiqiş niyatini bildirdi. Ularning e’tirozlari bejizga paydo bölmagan. XJS faoliyatining dastlabki yillarida tergovlarning katta qismi Afrika mamlakatlariga qaratilgani sudni tanlab adolat örnatişda ayblaşga sabab bölgan edi.

2026 yilning iyulidan boşlab bu jarayonga yana bir kuçli siyosiy omil – AQŞning oçiq kampaniyasi qöşildi. Vaşington XJSni şunçaki tanqid qiliş bilan çeklanmay, boşqa davlatlarni ham undan uzoqlaşişga unday boşladi. Davlat kotibi Marko Rubio sudni AQŞ suverenitetiga tahdid deb atab, uni “ğiştma-ğişt parçalaş” uçun barça vositalardan foydalanilişini bildirdi. Bu bayonot ortida esa ança jiddiy manfaatlar turardi.

AQŞning sud bilan ziddiyati Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati boşlanişi bilan yanada keskinlaşdi. 2025 yil 6 fevral kuni Tramp XJSga qarşi sanksiyalar joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bunga sudning Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order bergani, şuningdek, Afğonistondagi AQŞ harbiylari faoliyati yuzasidan olib borilgan tergovlar sabab qilib körsatildi. Vaşington fikriça, Rim statutiga qöşilmagan AQŞ va Isroil fuqarolariga nisbatan sud vakolatlarining qöllanişi davlat suverenitetiga tajovuz edi. Şu asosda XJS boş prokurori Karim Xonning AQŞdagi aktivlarini muzlatiş va uning mamlakatga kirişini çeklaş nazarda tutildi. Keyinçalik sanksiyalar boşqa sudya va prokurorlarga ham tatbiq etila boşladi.

Ammo Vaşingtonning bosimi alohida mansabdor şaxslarni jazolaş bilan tugamadi. 2026 yilning iyulida Rubio sudni xalqaro maydonda yakkalaş böyiça keng kölamli diplomatik kampaniya boşlanganini e’lon qildi. AQŞ boşqa davlatlarni XJS a’zoligidan çiqişga undaş, sud bilan hamkorlik qiluvçi taşkilotlarga bosim ötkaziş, uning xodimlariga viza çeklovlari joriy etiş va moliyaviy imkoniyatlarini qisqartiriş kabi çoralarni körib çiqdi. Sentyabr oyida esa butun sudga qarşi sanksiyalar tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu şunçaki diplomatik norozilik emas, balki xalqaro sudning kundalik faoliyatini izdan çiqarişi mumkin bölgan bosim edi.

Şu tariqa, AQŞ kampaniyasi boşlanganidan keyin yana törtta davlat – Venesuela, Çad, Tinç okeanidagi Nauru va Tojikiston XJSdan çiqiş jarayonini boşladi. Ayniqsa, Çadning qarori e’tiborga molik: mamlakat taşqi işlar vaziri AQŞ rasmiysi bilan 23 iyuldagi telefon muloqotida Vaşington sud faoliyatidan xavotir bildirgani va a’zolikni qayta körib çiqişni söraganini oçiq ma’lum qildi. Oradan tört kun ötib, Çad taşkilotdan çiqişini e’lon qildi. Bu holat AQŞ diplomatik bosimining ayrim davlatlar qarorlariga bevosita ta’sir körsatganini körsatadi.

Trampning yaqinda Şençjenda Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan bölib ötgan uçraşuvda ham XJS faoliyatini çeklaş masalasini kötarişi Vaşingtonning taşkilotga qarşi kampaniyasi alohida diplomatik norozilikdan ança keng kölamli ekanini körsatadi. Eng jiddiy xavf şundaki, bu uç davlat sudni rasman tugatib yubora olmasa-da, uni moliyaviy, siyosiy va diplomatik jihatdan şu qadar zaiflaştirişi mumkinki, XJSning qoğozdagi vakolatlari amalda işlamaydigan mexanizmga aylanib qolişi ehtimoli bor.
  
 

O‘xshash yangiliklar