2026-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, NEO Insurance barqaror rivojlanish sur’atini namoyish etib, O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi o‘z mavqeini mustahkamladi. Sug‘urta mukofotlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 72 foizga oshdi, mijozlar soni esa 2 milliondan ziyodni tashkil etdi.

“Biz uchun biznes o‘sishi bu, avvalo, aholi va tadbirkorlar ishonchining ko‘rsatkichidir. Sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni so‘zsiz bajarish, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish asosiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda”, — deya ta’kidladi NEO Insurance bosh direktori Hikmat Hidoyatov.

Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri — uning mijozlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish salohiyatidir. 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida NEO Insurance’ning sug‘urta to‘lovlari hajmi 37 foizga, hal etilgan sug‘urta hodisalari soni esa 81 foizga oshdi. Hisobot davrida kompaniya 10 mingdan ortiq holatda mijozlarga sug‘urta ko‘magini ko‘rsatib, sug‘urta himoyasining amaldagi samaradorligini tasdiqladi.
Sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish NEO Insurance rivojlanishining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. NEO Mobile mobil ilovasi polislarni masofadan rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, majburiy avtosug‘urta — OSAGO shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, mol-mulkni onlayn ko‘zdan kechirish, sug‘urta hodisalari bo‘yicha sayt va NEO mobil ilovasi orqali ariza topshirish hamda kompaniya mutaxassislari bilan bevosita bog‘lanish imkonini beradi. MyID tizimi bilan integratsiya va korporativ kartalar orqali to‘lov qilish imkoniyati esa sug‘urta xizmatlarini yanada qulay va ommabop qilmoqda.

Kompaniya islomiy sug‘urta — takaful yo‘nalishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2026-yilda NEO Insurance ushbu segmentda 13 ta yangi mahsulot ishlab chiqdi, rasmiylashtirilgan polislar soni esa 10,6 barobar ko‘paydi. Bunday sur’at muqobil sug‘urta himoyasi shakllariga qiziqish ortib borayotganini hamda O‘zbekiston bozorida ushbu yo‘nalishning salohiyati yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda kompaniya hududiy tarmog‘ini ham izchil kengaytirmoqda. Bugungi kunda NEO Insurance tarmog‘i respublika bo‘ylab 50 dan ortiq filialni birlashtirgan, jamoada esa 200 dan ziyod mutaxassis mehnat qilmoqda. Raqamli yechimlarning rivojlangan hududiy infratuzilma bilan uyg‘unligi sug‘urta xizmatlarining ommabopligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini saqlab qolish imkonini beradi.
2026-yilda xalqaro Moody’s Ratings agentligi tomonidan NEO Insurance’ning moliyaviy barqarorlik reytingi ijobiy prognoz bilan B2 darajasiga ko‘tarilishi kompaniya moliyaviy mavqei mustahkamlanayotganining muhim tasdig‘i bo‘ldi. Xalqaro reyting bahosi mijozlar, investorlar va xorijiy hamkorlar ishonchini yanada mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi.

NEO Insurance xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urtalash bozorlaridagi ishtirokini ham izchil kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidagi tavakkalchiliklarni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda qatnashmoqda, 100 dan ziyod xalqaro hamkor bilan ishlamoqda hamda yetakchi xorijiy sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilar bilan birgalikda yirik loyihalarda ishtirok etmoqda. Bu kompaniyaning global sug‘urta bozoriga integratsiyalashuviga va O‘zbekistonning xalqaro sug‘urta industriyasidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Strategik maqsadimiz — xalqaro standartlarga javob beradigan moliyaviy barqaror, texnologik va raqobatbardosh sug‘urta kompaniyasini barpo etishdir. Biz ichki bozordagi o‘rnimizni izchil mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mijozlarimiz, hamkorlarimiz va aksiyadorlarimiz uchun uzoq muddatli qiymat yaratish niyatidamiz”, — deya ta’kidladi Hikmat Hidoyatov.
2026-yilning 9 oyi natijalari NEO Insurance tanlagan rivojlanish strategiyasining samaradorligini tasdiqlaydi. Kompaniya moliyaviy barqarorlik va operatsion samaradorlikni oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini izchil davom ettirmoqda.
Mijozlar ishonchi, majburiyatlarni so‘zsiz bajarish va sug‘urta faoliyatining yuqori standartlariga asoslangan barqaror biznes rivoji NEO Insurance’ning asosiy missiyasi bo‘lib qolmoqda.
Reklama huquqlari asosida.




