O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, hajvchi, shoir va yozuvchi Abdurazzoq Obro‘y (Obro‘yev) vafot etdi, deya xabar bermoqda Jurnalistlar uyushmasi.
Abdurazzoq Obro‘y 1956-yil 20-avgustda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 1985-yili Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Faoliyati davomida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Mushtum” jurnali, “Vatanparvar” gazetasida ishlagan.
Unga 2005-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni berilgan.
Ijodkorning “Ho‘plam-to‘plam”, “Bo‘ydoq askar”, “Hiring-hiring”, “Tuxumning qudrati”, “Ayolning qulog‘i”, “Ruxsat bering, she’r o‘qiyman”, “Uch nuqta…”, “Sev, avayla, asra O‘zbekistonni!”, “Men o‘sha o‘r, men o‘sha zo‘rman” kabi kitoblari chop etilgan.




