23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Otabek Amanov Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Boshqa 23.11.2026 12:58 0Gazeta
Otabek Amanov Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Otabek Amanov To‘lqinovich energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.

Otabek Amanov bunga qadar Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Otabek Amanov 1995-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini “Qurilish buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1995−2000-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida katta ilmiy xodim sifatida mehnat qilgan.

2002−2005-yillarda “O‘zgeoburneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik jamiyati investitsiya dasturlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2005−2010-yillarda esa “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi Prognozlashtirish, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2010−2017-yillarda LUKOIL Uzbekistan Operating Company MCHJda bosh mutaxassis, keyinchalik bosh direktorning kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari menejeri bo‘lib ishlagan. 2017−2019-yillarda “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.

2019-yildan 2025-yilgacha Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zatom” agentligining “AES qurilishi direksiyasi” davlat unitar korxonasi direktori sifatida ish olib borgan.

Avvalroq Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘xshash yangiliklar