23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Shavkat Mirziyoyev 23−24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Boshqa 22.11.2026 15:14 0Gazeta
Shavkat Mirziyoyev 23−24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23−24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston — Iordaniya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Xususan, to‘qimachilik, tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar