20-noyabr kuni Toshkent shahridagi InterContinental Tashkent mehmonxonasida O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham Uzbekistan) tomonidan tashkil etilgan AmCham CSR Ball 2026-yillik xayriya kechasi bo‘lib o‘tdi. UZCARD to‘lov tizimi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikda amalga oshirilgan CyberWeek 2.0 loyihasi uchun CSR Awards mukofotining “Ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi deb topildi.
Mazkur mukofot UZCARD’ning aholi raqamli savodxonligini oshirish, kiberfiribgarlikning oldini olish hamda moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi.

UZCARD va IIV qo‘shma tashabbusi ketma-ket ikkinchi yil AmCham tomonidan yuqori baholanmoqda. Xususan, 2025-yilda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirlarning ilk turkumi e’tirof etilgan bo‘lsa, 2026-yilda dasturning davomi bo‘lgan CyberWeek 2.0 loyihasi mukofotga sazovor bo‘ldi.
CyberWeek loyihasi 2025-yilda UZCARD va IIV qo‘shma ta’lim-ma'rifiy tashabbusi sifatida boshlangan. 2026-yilda esa loyiha Markaziy bank va Mahallalar uyushmasi ishtirokida yanada rivojlantirilib, ma’rifiy tadbirlar geografiyasi hamda ularni o‘tkazish shakllari kengaytirildi.
Ikki yil davomida CyberWeek tadbirlari Farg‘ona, Samarqand, Nukus, Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida o‘tkazildi. Dastur doirasida bank sektori vakillari uchun ixtisoslashtirilgan seminarlar, shuningdek, hududlar aholisi va mahalla vakillari bilan ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, axborot kampaniyasi doirasida zararli dasturlar, soxta investitsiya takliflari va onlayn xaridlar jarayonidagi firibgarlik kabi dolzarb aldov sxemalariga bag‘ishlangan videomateriallar tayyorlandi.
“Bugungi kunda firibgarlik sxemalari tobora murakkablashib bormoqda. Jinoyatchilar soxta ilovalar, fishing havolalari, yolg‘on investitsiya takliflari va ijtimoiy muhandislikning turli usullaridan foydalanmoqda. Bunday hujumlarda asosiy nishon texnik tizimlar emas, balki insonning o‘zidir. Firibgarlar har qanday himoya choralarini chetlab o‘tish maqsadida odamlarning his-tuyg‘ulariga ataylab ta’sir o‘tkazadi va ularning ishonchiga kirishga urinadi. CyberWeek 2.0 doirasida biz nafaqat mavjud tahdidlar haqida xabardor qilishga, balki amaliy tavsiyalar berishga ham alohida e’tibor qaratmoqdamiz”, — dedi UZCARD Axborot xavfsizligini ta’minlash departamenti direktori Andrey Shishkin.
“Xususan, firibgarlik urinishlarini qanday aniqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish yo‘llarini tushuntiramiz. Aholining xabardorlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, raqamli muhit ham shunchalik barqaror bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

“UZCARD uchun korporativ ijtimoiy mas’uliyat bir martalik loyihalar emas, balki jamiyat uchun muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan izchil faoliyatdir. Biz moliyaviy va raqamli infratuzilmani rivojlantirish uning foydalanuvchilari savodxonligi va xavfsizligini oshirish bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilishi lozimligiga qat’iy ishonamiz. Aynan shu sababli biz ta’lim-ma'rifiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz, davlat institutlari va ekspertlar hamjamiyati bilan sa’y-harakatlarimizni birlashtiramiz hamda insonlarga amaliy foyda keltiradigan loyihalarni amalga oshiramiz. CyberWeek ana shunday uzoq muddatli hamkorlikning yorqin namunasidir”, — deya izoh berdi PR va korporativ ijtimoiy mas’uliyat (PR & CSR) bo‘limi boshlig‘i Sabina Batirshina.
“Ushbu loyiha tufayli O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi aholi uchun raqamli xavfsizlikka oid bilimlar yanada kengroq va qulayroq taqdim etilmoqda. AmCham tomonidan bildirilgan e’tirof olib borayotgan ishlarimizning ahamiyatini tasdiqlaydi va bizni ijtimoiy yo‘naltirilgan tashabbuslarni yanada rivojlantirishga undaydi”, — deya ta’kidladi u.
CyberWeek loyihasining AmCham CSR Ball tadbirida takroran e’tirof etilishi ushbu tashabbusning ahamiyati hamda UZCARD, IIV va Markaziy bankning birgalikdagi faoliyati natijadorligini tasdiqladi. Ikki yil davomida loyiha minglab ishtirokchilarni birlashtirib, kiberfiribgarlikka qarshi kurashishga qaratilgan keng ko‘lamli ta’lim-ma'rifiy platformaga aylandi. Qo‘lga kiritilgan mukofot CyberWeek loyihasining raqamli davrning eng dolzarb muammolaridan biriga yechim topishga qaratilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbus sifatidagi muhim o‘rnini yana bir bor ta’kidlaydi.
“UZCARD. Qulay yashang.”
Reklama huquqlari asosida.




