Raqamli va yuqori texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş

Uçraşuvda turk xoldingining energetika, köçmas mulk, sanoat va yuqori texnologiyalar sohalaridagi faoliyati, amalga oşirayotgan loyihalari hamda innovatsion yeçimlari haqida ma’lumot berildi. Xususan, kompaniyaning elektron tizimlar va zamonaviy texnologik yeçimlarni işlab çiqiş borasidagi tajribasi taqdim etildi.
Muloqot davomida Özbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantiriş, ilğor texnologik yeçimlarni joriy etiş, şuningdek, “Polat Holding” bilan hamkorlikni yölga qöyiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Vazir Şerzod Şermatov kompaniya vakillarini IT Park Uzbekistan faoliyati bilan yaqindan tanişişga taklif etdi. Mazkur taşrif doirasida Özbekistonning AT-ekotizimi, mahalliy AT-kompaniyalar imkoniyatlari va xorijiy investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişiş, şuningdek, özaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaş taklif etildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekiston va Turkiya örtasida raqamli texnologiyalar va yuqori texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş, investitsiyaviy imkoniyatlarni örganiş hamda istiqbolli taşabbuslarni amaliy loyihalarga aylantiriş muhimligini ta’kidladilar.



