23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Xitoy raketasining töqqiz dvigateli qayta parvozga tayyor

Texnika 23.11.2026 11:00 0Kun.uz
Xitoy raketasining töqqiz dvigateli qayta parvozga tayyor

Xitoyning xususiy kosmik kompaniyasi LandSpace avgust oyida Zhuque-3 Y2 raketasining birinçi bosqiçi parvozidan söng Yerga qaytarilgan töqqizta TQ-12A kislorod-metan dvigatelining barçasi yerdagi qabul sinovlaridan muvaffaqiyatli ötganini maʼlum qildi.

Bu Xitoy tijoriy kosmonavtikasi uçun muhim bosqiç böldi. Natija mamlakatda avval foydalanilgan raketa bosqiçini ilk bor takroriy orbital parvozga çiqariş imkoniyatini yaqinlaştirdi.

TQ-12A dvigatellari 19-avgustdagi parvozda işlatilgan. Öşanda raketaning birinçi bosqiçi orbital missiyani bajarganidan söng, Xitoy kosmonavtikasi tarixida ilk bor oçiladigan tayançlar yordamida quruqlikka qöngan.

Xitoyning şimoli-ğarbidagi Gansu provinsiyasiga qönganidan keyin dvigatellar navbatma-navbat yeçib olingan. Ular texnik xizmat körsatiş va qayta foydalanişga yaroqliligini tekşiriş uçun mamlakat şarqidagi Çjetszyan provinsiyasining Xuçjou şahrida joylaşgan LandSpace dvigatel qurilmalari işlab çiqariş korxonasiga yuborilgan.

Kompaniya maʼlumotiga köra, parvozdan keyingi tekşiruv dvigatellarning sozligini va olingan maʼlumotlarning özaro yuqori darajada muvofiqligini tasdiqlagan. Uçirişdan oldingi telemetriya körsatkiçlari bilan taqqoslaş natijasida ularning iş xususiyatlari belgilangan talablarga javob berişi aniqlangan. Şu tariqa töqqizta dvigatelning barçasidan qayta foydalanişga ruxsat berilgan.

LandSpace hisob-kitoblariga köra, Zhuque-3 raketasini işlab çiqariş umumiy qiymatining qariyb 70 foizi birinçi bosqiç hissasiga töğri keladi. Yonilği esa uçiriş xarajatlarining atigi 1–3 foizini taşkil etadi.

Töqqizta dvigateldan iborat blokdan qayta foydalaniş orbitaga çiqariladigan foydali yukning har bir kilogrammiga töğri keladigan xarajatni sezilarli kamaytiriş imkonini beradi. Kompaniya Zhuque-3 yordamida bir kilogramm yukni orbitaga çiqariş qiymatini taxminan 3 000 dollarga tuşirişni maqsad qilgan.

LandSpace ilk bor haqiqiy kosmik parvozda qatnaşgan va Yerga qaytarilgan TQ-12A dvigatellariga kompleks texnik xizmat körsatib, ularni qayta işga tuşiriş sinovlarini ötkazdi. Kompaniya bu natijani parvozdan qaytgan dvigatellarni tiklaş va ulardan takroran foydalaniş muhandislik jihatidan amalga oşirilişi mumkinligining tasdiği deb baholadi.

Taxminan 185 soniya davom etgan olovli sinovlar paytida dvigatellar turli tortiş kuçi darajalarida va yonilği komponentlarining har xil nisbatlarida tekşirilgan.

O‘xshash yangiliklar