Hiyonat sabab işidan ayrilgan Jensen Xuang Nvidia’ga qaytdi

Jensen Xuang Nvidia prezidenti va boş direktori lavozimlariga direktorlar kengaşi a’zosi sifatida qayta tiklandi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar qilindi.
Qayd etilişiça, ovoz berişdan oldin Xuang bilan bir qator muhokamalar va uçraşuvlar ötkazilgan. Muzokaralar davomida direktorlar kengaşi “uning halolligi va kompaniyani boşqariş qobiliyatidan mamnun bölgani” qayd etilgan. Qaror qabul qilişda kengaş AQŞ hukumatining yuqori martabali vakillaridan olingan ma’lumotlarni ham inobatga olgan va şu asosda Xuangning lavozimga qayta tiklanişi milliy xavfsizlikka tahdid solmasligiga işonç hosil qilgan.
“Direktorlar kengaşi Jensenni Nvidia’ga rahbarlik qiliş uçun munosib inson deb hisoblaydi va uning lavozimga qayta tiklanişi aksiyadorlarimiz, xodimlarimiz, hamkorlarimiz va mijozlarimiz manfaatlariga javob beradi”, deydi direktorlar kengaşi raisi Xarvi Jons.
Xuangning özi esa Nvidia’ga qaytiş va “yangi sanoat inqilobi boşlanişida dunyoning eng muhim texnologik kompaniyalaridan biriga rahbarlik qiliş” uning uçun katta şaraf ekanini bildirgan. U direktorlar kengaşiga işonç uçun, şuningdek, xodimlar, aksiyadorlar va hamkorlarga qöllab-quvvatlaganliklari uçun minnatdorçilik izhor etgan.
“Boş direktor vazifasini bajarib kelgan Kolett Kress Nvidia moliya direktori sifatida işlaşda davom etadi”, deyiladi press-relizda.
Xuang boş direktor lavozimiga qaytganiga qaramay, kompaniya uning “xorijiy razvedka qiziqişi ob’ektiga” aylangan bölişi mumkinligi haqidagi xabarlarni tekşirişda davom etadi. Buning uçun Nvidia maxsus qömita tuzgan va mustaqil yuristlarni jalb qilgan. Xabarda ta’kidlanişiça, Xuangning özi tekşiruvni qöllab-quvvatlaydi va tekşiruvçilar bilan hamkorlik qilişga tayyor.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Jensen Xuangni boş direktor lavozimiga qaytariş qarorini qöllab-quvvatlagan. U özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida kompaniya va Amerika iqtisodiyoti muvaffaqiyatini ta’minlaş uçun AQŞga Xuangning rahbarligi zarurligini ta’kidlagan.
“AQŞ Boş prokurori hukumatda uning biror-bir noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani haqida dalillar yöqligini tasdiqladi”, deb yozdi Tramp.
Prezident, şuningdek, Xuangni “buyuk vatanparvar va milliy boylik” deb atagan.
Ayni paytda Xuangning kompaniya rahbari lavozimiga qaytgani haqidagi xabarlar ortidan Nvidia aksiyalari 30 foizga kötarilib, 165,6 dollarga yetgan. Press-reliz e’lon qilinişidan oldin aksiyalar bir donasi uçun 136 dollar darajasida sotilayotgan edi.
Ma’lumot uçun, Nvidia – Amerika texnologik kompaniyasi, grafik protsessorlar va sun’iy intellekt çiplarini işlab çiqaruvçi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Uning mahsulotlari ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari, superkompyuterlar, öyin videokartalari, avtonom boşqaruv tizimlari va robototexnikada qöllaniladi.
2026 yil 23 noyabr holatiga köra, Nvidia’ning bozor kapitallaşuvi taxminan 3,04 trillion dollarni taşkil etmoqda.
Eslatib ötamiz, kompaniya taşkil etilganidan beri Nvidia’ni boşqarib kelgan Xuang joriy yilning 12 noyabr kuni “josuslik mojarosi”dan söng iste’foga çiqqan edi: u familiyadoşi Elis Xuang – XXR fuqarosi, CCTV sobiq muxbiri va Megaspeed International sobiq rahbari bilan işqiy munosabatda bölganlikda gumon qilingandi. NYT ma’lumotlariga köra, Amerika maxsus xizmatlari uşbu ayolni XXR razvedkasi agenti deb hisoblaydi. AQŞ Adliya vazirligi buni tasdiqlamagan. Xitoy esa bu voqeaga aloqadorligini rad etgan.
Xuang xiyonat qilganini tan olgan, biroq aynan kim bilan munosabatda bölganiga aniqlik kiritmagan edi. Köp ötmay, “The New York Times” kompaniyadagi manbalariga tayanib, Xuangning öz qöl ostidagi xodimasi bilan yana bir işqiy munosabati haqida xabar berdi, “Reuters” esa biznesmenning “uçinçi ma’şuqasini” aniqladi.
Nvidia’dan ketganidan bir neça kun ötgaç, Xuang agar direktorlar kengaşi buni aksiyadorlar, xodimlar, kompaniya va AQŞ manfaatlariga javob beradi deb hisoblasa, qaytişga tayyorligini bildirgan edi. Bir qator investorlar va xodimlar, şuningdek, Trampning özi ham Xuangning qaytişini yoqlab çiqdi. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Xuangni faoliyatining çöqqisidagi basketbolçi Maykl Jordanga qiyoslagan. VTB rahbari Andrey Kostin esa Xuangning iste’fosi fonida zamonaviy dunyoda “heç narsani yaşirib bölmasligini” hazil aralaş qayd etib, “yigitni bekorga yeb bitirişganini” ta’kidladi.



