23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

«Çingizxon devori» yonidan kuygan ovqat topildi

Texnika 23.11.2026 12:00 0Kun.uz
«Çingizxon devori» yonidan kuygan ovqat topildi

Örta asr solnomalarida Möğullar imperiyasining saroy hayoti batafsil tasvirlangan. Arxeologlar esa sopol idiş çetidagi kuygan ovqat qoldiqlari va uning devorlariga singgan oziq-ovqat izlari orqali Möğuliston şarqidagi «Çingizxon devori» atrofida yaşagan odamlar tariqning ikki turini pişirganini aniqladi. Ulardan birining izlari taxminan har beş idişning törttasida saqlanib qolgan.

«Çingizxon devori» deb hozirgi Möğuliston, Xitoy va Rossiya hududlari böylab minglab kilometrga çözilgan tuproq kötarmalar, xandaqlar va istehkomlar tizimiga aytiladi. Kuygan don qoldiqlari bölgan idiş topilgan şimoliy tarmoq 907–1125-yillarda hukmronlik qilgan kidanlarning Lyao sulolasi davrida qurilgan.

Tadqiqot uçun idişlarning yana bir qismi Szin sulolasi davriga oid istehkomdan olingan. Szin davlati 1115–1234-yillarda mavjud bölgan va Möğullar imperiyasining dastlabki ön yilliklarida ham saqlanib turgan.

Kidanlar va çjurçjenlar çorva boqqani, dehqonçilik qilgani, ovçilik va baliq ovlaş bilan şuğullangani maʼlum. Biroq çekka hududlardagi istehkomlar atrofidagi hayot hali töliq örganilmagan. Çunki solnomaçilar asosan saroy va yirik şaharlardagi turmuşni tasvirlagan.

Sönggi tadqiqotlardan birida arxeologlar şimoliy tarmoqdagi şunday manzilgohlardan biridan topilgan hayvon suyaklarini örgangan. Topilmalar orasida qöy, eçki, sigir va ot, şuningdek, ğizollar va hatto Amur laqqa baliği suyaklari bölgan.

Ösimliklardan olinadigan oziq-ovqatlar haqida esa bundan ham kam maʼlumot saqlangan. Bu ayniqsa muhim masala, çunki mahalliy aholi donni qayerdan olgani nomaʼlum: uni özlari yetiştirganmi yoki boşqa mintaqalardan keltirganmi? Agar don taşqaridan olib kelingan bölsa, bu boşqa madaniyatlar bilan özaro aloqalarning yaqqol misoli bölişi mumkin.

Yangi tadqiqotda arxeologlar Möğuliston şarqidagi uçta arxeologik yodgorlikdan topilgan 44 ta idişga tegişli parçalarni örgandi. Ular orasida ovqat pişirişga möljallangan sopol qozonlar, zaxiralarni saqlaş idişlari va sirlangan sopol buyumlar bor edi.

Ikkita parçada kuyib, kömirlaşib qolgan ovqat qoldiqlari saqlangan. Tadqiqot natijalari Archaeological and Anthropological Sciences jurnalida eʼlon qilingan.

Olimlar don pöstloqlaridagi hujayralar tuzilişini maʼlum namunalar bilan taqqoslab, bu Italiya tariqi - qönoq ekanini aniqladi. Idişlar yasalgan loyni tahlil qiliş ham don mahsulotlaridan foydalanilganini tasdiqlaşga yordam berdi. Idişda ovqat qaynatilganda yoki saqlanganda, oziq-ovqat tarkibidagi yoğlarning bir qismi uning ğovak devorlariga singib qoladi.

O‘xshash yangiliklar